26 Yanvar 2023

24-yanvar kuni qizlar uchun Technovation Girls Uzbekistan 2023 xalqaro tanlovining ochilish marosimi Farg‘onada ham o‘tkazildi

24-yanvar kuni qizlar uchun Technovation Girls Uzbekistan 2023 xalqaro tanlovining ochilish marosimi Farg‘onada ham o‘tkazildi

Farg‘ona, Namangan, Rishton va Qo‘qondan 100 ga yaqin intiluvchan, qiziquvchan va faol qizlar tadbirga kelib, unda faol ishtirok etishdi.Tadbirda quyidagi mehmonlar so‘zga chiqdi:
– Furqat Usmonov, Farg‘ona Yoshlar innovatsion markazining rahbari;
– Barno Isomiddinova, Technovation tanlovining Farg‘ona viloyati bo‘yicha koordinatori;
– Gulnoza Xamidova, mentor, hozirda esa Aberdin universitetining axborot texnologiyalari fakulteti talabasi;
– Diyora Usmonova, mentor, 2022-yilda beginner division koordinatori, hozirda Reading universiteti, MA TESOL, talabasi;

Avvalgi mavsumlarning ishtirokchilari — Umida, Madina, Muxtasar, Visola, Xilola, Anora va Narmina loyihada qatnashish tajribasi va maslahatlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Ajoyib tadbir uchun spikerlarga, ishtirokchi qizlar va mentorlarga minnatdorchilik bildiramiz Shuningdek, Yoshlar innovatsion markazi va Latviyaning ISMA universitetiga uchrashuvlarni tashkil qilishda ko‘rsatgan yordami uchun tashakkur aytamiz.

 Eslatib o‘tamiz, Technovation Girls Uzbekistan tanloviga 2023-yil 1-fevralgacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin (https://my.technovationchallenge.org/). Tanlovda qatnashishga mamlakatning barcha hududlaridan 12-18 yoshli qizlar taklif etiladi. Dasturda qatnashish bepul. Ingliz tilini bilish muhim.

Farg‘onadagi tadbirdan fotohisobot yuboryapmiz. O‘zingizni fotosuratlarda izlang!

————

Technovation Girls Uzbekistan dasturining 2023-yilgi mavsumi Tech4Impact NNT tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi va Yandex Go onlayn-servisi hamkorligida tashkil etildi

 

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK