12 Yanvar 2023

O‘zbekistonda Technovation Girls 2023 xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

O‘zbekistonda Technovation Girls 2023 xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi (https://my.technovationchallenge.org/)!

Biz mamlakatning barcha hududlaridan quyidagilarni o‘rganishni istaydigan 12-18 yoshli faol qizlarni izlayapmiz:

  • mobil ilovalarni ishlab chiqish;
  • biznes-rejalar yozish va ijtimoiy startaplarni ishga tushirish;
  • sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish;
  • jamoada ishlash;
  • video suratga olish;
  • loyiha taqdimotini tayyorlash va omma oldida chiqish qilish;
  • BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari haqida bilib olish;
  • O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning IT-kompaniyalarida muvaffaqiyatli ishlayotgan qizlar bilan tanishish.

Offlayn-treninglar va seminarlar 3 ta shaharda: Toshkent, Nukus va Farg‘onada o‘tkaziladi. Onlayn-seminarlarda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi jamoalar qatnashishlari mumkin.

Sizda texnologik va ijtimoiy tadbirkorlik sohasida o‘z kuchingizni sinab ko‘rish kabi noyob imkoniyat mavjud! Siz mentorlar ko‘magida jamoangiz bilan mamlakatimizdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan mobil ilovalarni yaratasiz. O‘zbekistonning eng yaxshi jamoalari xalqaro tanlov finaliga chiqishi va Kremniy vodiysiga (AQSh) borishi mumkin.

Technovation Girls yirik tanlovi O‘zbekistonda 2016-yildan buyon o‘tkazib kelinadi.
• 2017-yilda Techno Squad jamoasining ishtirokchilari ota-onalari bilan birgalikda Technovation Challenge finali o‘tkazilgan San-Fransisko shahrida bo‘lishdi.
• 2018-yilda San-Fransisko shahrida o‘tkazilgan finalda O‘zbekistonni Generation Z jamoasi taqdim etdi.
• 2021-yilda IT Ladies jamoasi xalqaro finalga chiqib, o‘z loyihasini Junior Regional Winner in Asia sifatida taqdim etdi.

Navbatdagi g‘olib sizlar bo‘lishingiz mumkin! Dasturda qatnashish bepul. Ingliz tilini bilish shart. Qatnashish uchun barcha xalqaro tanlovning saytida ro‘yxatdan o‘tishi lozim: https://my.technovationchallenge.org/

————

2023-yilgi mavsumda Technovation Girls Uzbekistan dasturi Tech4Impact NNT tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi va Yandex Go onlayn-servisi hamkorligida tashkil qilindi

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK