01 Avgust 2025

Qizlar va ayollar uchun raqamli va IT-stajirovkalar dasturining ikkinchi to‘plamiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

O‘zbekistonning yetakchi IT va fintech kompaniyalarida to‘lanadigan 2 oylik stajirovkadan o‘tish imkoniyati. Agar siz oliy o‘quv yurtida o‘qisangiz yoki oliy o‘quv yurtini IT-yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bo‘lsangiz, biroq rezyumengizda amaliyot yetishmayotgan bo‘lsa, ariza bering!

Kimlar qatnashishi mumkin:
• 18-28 yoshli qizlar va ayollar;
• RU/UZ tillarini bilish, ingliz tilini bilish ustuvorlik hisoblanadi;
• IT-yo‘nalish talabasi/bitiruvchisi;
• Toshkentda 2 oyni o‘tkazishga tayyorlik (agar boshqa hududdan bo‘lsangiz).
👉 Stipendiya stajirovka paytida yashash va boshqa xarajatlarni qoplaydi.

Dastur qanday o‘tadi:
• Sentyabr–noyabr 2025: gibrid format (onlayn uchrashuvlar + oflayn stajirovka 2 oy);
• saralash: anketalar bo‘yicha, rezyume → onlayn-suhbat;
• 30 nafar eng yaxshi ishtirokchi yirik IT-kompaniyalarda stajyor o‘rniga ega bo‘ladi;
• noyabrda — Toshkentda final tadbir va BMTTD sertifikati.

Arizalarni taqdim etish dedlayni: 2025-yil 1-sentyabrgacha.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfsuxYrL3NnJRd7KnOI-C4SkwQPuG0JApDHz401guI9Nbf0QQ/viewform

Qizlar uchun IT- stajirovkalar dasturi Tech4impact NNT tomonidan O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTD ning hamkorlikdagi “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK