07 Iyun 2024
“Tech4Impact” NNT va “Riga Tech Girls” tashkilotining (Latviya) tadbirkor qizlar uchun hamkorlikdagi “Female Founders Across Borders” loyihasi global onlayn-ovoz berish jarayonida 1000 dan ortiq talabnomalar orasidan 2024-yilning axborot jamiyati bo‘yicha BMT Jahon sammiti mukofotining chempionlaridan biri sifatida tanlandi!
“Riga Tech Girls” tashkiloti 27-31 may kunlari Jenevada o‘tkazilgan axborot jamiyati bo‘yicha Jahon sammitining Yillik Forumida sertifikat oldi.
“Riga Tech Girls” tashkilotidagi hamkasblarni, dastur ishtirokchilari va mentorlarini tabriklaymiz. Dastur Latviya Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida 2022-yil noyabridan 2023-yil iyunigacha o‘tkazildi.
Dastur sayti: https://femfounders.org/
Mukofot sayti: https://www.itu.int/net4/wsis/stocktaking/Prizes/2024
Новости по теме