06 Oktyabr 2023
Hozirgina Kaliforniyada Pitch Day yakunlandi, bizning “Tecnas” deb nomlanuvchi Senior-jamoamiz “Social Impact Award” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi!
⚡️Hozirgina Kaliforniyada Pitch Day yakunlandi, bizning “Tecnas” deb nomlanuvchi Senior-jamoamiz “Social Impact Award” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi! Bu ijtimoiy muammolar yechimiga hissa qo‘shgan eng yaxshi loyiha uchun mukofot!
Barcha ishtirokchilarni va mentorni tabriklaymiz, bunday ajoyib natija bilan faxrlanamiz🏆!
Bu nafaqat jamoa uchun, balki O‘zbekistondagi Technovation Girls hamjamiyati uchun ham muhim g‘alaba.
Shuningdek, bizning Senior-guruhda Ispaniya jamoasi (Technology Award) va Braziliya jamoasi (Grand Prize) mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
“Tecnas” jamoasini tabriklaymiz❤️🇺🇿!
——
Eslatib o‘tamiz, jamoa “Sinov” ilovasini yaratdi: bu virtual laboratoriya bo‘lib, u O‘zbekiston maktablarida laboratoriyalar va ilmiy uskunalar yetishmovchiligi muammosini hal qiladi.
Новости по теме