26 Yanvar 2023

24-yanvar kuni Toshkent, Nukus va Farg‘onada qizlar uchun Technovation Girls Uzbekistan 2023 xalqaro tanlovining ochilish marosimi o‘tkazildi

24-yanvar kuni Toshkent, Nukus va Farg‘onada qizlar uchun Technovation Girls Uzbekistan 2023 xalqaro tanlovining ochilish marosimi o‘tkazildi

Toshkentda o‘tkazilgan marosimda quyidagilar so‘zga chiqdi:
– Shaxlo Utkurovna Turdikulova, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari
– Saida Yusupova, Tech4Impact NNT direktori va Technovation Girls Uzbekistan koordinatori
– Yevgeniy Shumilov, Yandex Go’ning xalqaro bozorlarda davlat organlari bilan ishlash bo‘yicha direktori
– Durdona Baxronova, Women Techmakers Tashkent koordinatori, mentor, Super Dispatch’da muhandis
– Nigina Sodiqova, O‘zbekistonda BMT vakolatxonasining kommunikatsiyalar bo‘yicha konsultanti.

Spikerlarga va, ayniqsa, ishtirokchi qizlar va mentorlarga ajoyib tadbir uchun minnatdorchilik bildiramiz

Mazkur tadbirga parallel ravishda ochilish marosimlari Nukus va Farg‘onada ham o‘tkazildi – biz Zoom orqali ushbu hududlardagi ishtirokchilar bilan bog‘landik. Koordinatorlarimiz Barno Isomiddinova va Ziuyar Tajimuratova Innovatsion rivojlanish agentligi ko‘magida o‘z shaharlaridagi ishtirokchilarni Technovation dasturi bilan tanishtirdilar.

Eslatib o‘tamiz, Technovation Girls Uzbekistan tanloviga ro‘yxatdan o‘tish 2023-yil 1-fevralgacha ochiq (https://my.technovationchallenge.org/). Technovation tanlovida qatnashishga mamlakatning barcha hududlaridan 12-18 yoshli qizlar taklif etiladi. Ingliz tilini bilish zarur.

Toshkent fotohisobotlarni yuboramiz. Suratlarda o‘zingizni izlang!

————

Technovation Girls Uzbekistan dasturining 2023-yilgi mavsumi Tech4Impact NNT tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi va Yandex Go onlayn-servisi hamkorligida tashkil qilindi

 

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK