20 Noyabr 2024

Sizlarni Google kompaniyasining katta muhandis-dasturchisi Otabek Qosimov bilan uchrashuvga taklif etamiz!

Sana: Payshanba, 21-noyabr 
Vaqti: 20:00 
Ma’ruzachi: Otabek Qosimov 

Otabek Qosimovning muvaffaqiyat tarixi – bu Toshkent kabel zavodining oddiy elektr montyoridan San-Fransiskodagi Google kompaniyasining katta muhandis-dasturchisigacha bo‘lgan ilhomlantiruvchi yo‘l. 

Vebinarda sizlarni nimalar kutadi? 
– Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) talabasidan jahon IT-gigantigacha bo‘lgan yo‘l. 
– Til to‘sig‘ini yengib o‘tish va ta’lim qiyinchiliklari. 
– NetDec, Mirada, DataSite Technology, FindSkills, OppenheimerFunds va Lazard kompaniyalaridagi tajribasi qanday qilib bu yo‘lda yordam bergani haqida. 
– IT sohasida karуera qilish va xorijda ishlash haqida orzu qilayotganlar uchun amaliy maslahatlar. 

Otabek Qosimov o‘z misolida qat’iyat, mehnatsevarlik va bilimga chanqoqlik hatto eng ambitsioz kasb cho‘qqilarini ham zabt etishga yordam berishini ko‘rsatib beradi. 

Orzu qiling. Intiling. Erishing.

———

Uchrashuv O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorlikdagi “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish”  loyihasi doirasida “Tech4Impact” NNT tomonidan tashkil qilingan IT-stajirovkalar dasturining ishtirokchilari uchun seminarlar doirasida o‘tkaziladi.

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK