20 Sentyabr 2024
Hurmatli Andijon, Namangan, Nukus va Farg‘onalik tadbirkorlar!
Sizlarni biznesga axborot texnologiyalarini joriy etish va raqamli biznes bo‘yicha 5 kunlik offlayn-treningda qatnashishga taklif etamiz!
Unda siz:
– axborot texnologiyalari yordamida yangi mijozlarni qanday jalb qilish
– Internetda mahsulotlaringiz va xizmatlaringizni qanday sotish va ilgari surish
– raqamli biznes-modellarni qanday joriy etish haqida bilib olasiz hamda
– IT va “ecommerce” bo‘yicha shaxsiy maslahatlarga ega bo‘lasiz
Treninglarda qatnashish bepul.
Treningni tamomlagan barcha ishtirokchilarga О‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining sertifikatlari topshiriladi.
Havola bo‘yicha ro‘yxatdan o‘ting va ariza bering!
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdz2UTYY3_o52tjlyA_gUbZ9lD8yGLIqOm_cYLRpZuEgIqJVw/viewform
Raqamli tadbirkorlik salohiyatini oshirish bo‘yicha treninglar O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorlikdagi “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida Tech4Impact nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan o‘tkazilmoqda.
Новости по теме