30 Noyabr 2018

Polsha konferensiyasidagi ishtirok

Saida Yusupova, Technovation’ning O‘zbekistondagi mintaqaviy elchisi va koordinatori, 2018-yilning 27-28 noyabr kunlari Polshada bo‘lib o‘tgan Women in Tech Summit 2018 xalqaro konferensiyasida qatnashdi.

 

 

Sammitda 3 000 kishi ishtirok etdi, shu jumladan Kremniy vodiysi, Yevropa mamlakatlari, Markaziy Osiyodan tashrif buyurgan spikerlar ham.

Saida O‘zbekistonni taqdim etdi va Technovation Uzbekistan dasturi hamda bizning Technovation doirasidagi tadbirlarimiz (masalan, biz 2019-yil mart oyida o‘tkazishni rejalashtirayotgan Ayollar Texnologik Tadbirkorligi Haftaligi) misolida qizlarni STEM (fan, matematika, texnologiyalar va injiniring) sohasiga jalb etish bo‘yicha o‘zimizning tajriba bilan o‘rtoqlashdi.

Munozara mavzusi: STEM da qizlarning jiddiy massasini qanday yaratish mumkin?

Ko‘plab qizlar va ayollarning salohiyati ishga tushirilmagan, bu fan va texnologiyalarning dunyoda va mamlakatimizda rivojlanishiga sezilarli turtki bo‘lishi mumkin. Munozara ishtirokchilari o‘z mamlakatlarining bu boradagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

 

 

 

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK