24 Sentyabr 2024
O‘zbekistonda «Tadbirkor ayollar akademiyasi»da (AWE 2.0) qatnashishga ariza bering!
Toshkentdagi AQSh elchixonasi Tech4Impact NNT bilan hamkorlikda yana AWE dasturini ishga tushirmoqda. Bu yil dastur Farg‘ona vodiysida faoliyat ko‘rsatuvchi 30 nafar ayol uchun o‘tkaziladi.
Tadbirkor ayollar akademiyasi – bu kichik biznes asoschilari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan noyob ta’lim va mentorlik tashabbusi.
Agar siz quyida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq bo‘lsangiz, arizalaringizni 2024-yil 20-oktyabrga qadar taqdim etishga taklif etamiz!
Qatnashish uchun mezonlar:
– Farg‘ona vodiysida yashaydigan 25-40 yoshdagi ayollar;
– Rus yoki ingliz tilini bilish;
– Kamida 1-2 yil faoliyat ko‘rsatayotgan o‘z biznesiga ega bo‘lish;
– Noutbuk va internetdan erkin foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
– To‘ldirilgan ariza va motivatsion xat.
Ariza berishga havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeo9rMq0wHS_qogBn8qMZROQ7g68ZKuZEeAckb_xVahb-1zKQ/viewform?usp=sf_link
Новости по теме