13 Fevral 2024
“Technovation Girls Uzbekistan” dasturining birinchi seminari 16-fevral kuni “Technovation Kazakhstan” jamoalari bilan birga o‘tkaziladi!
“Yandeks” kompaniyasining eksperti barcha IT-kompaniyalar, shu jumladan “Technovation Girls” hakamlari ham e’tibor qaratadigan muhim mavzu haqida so‘z yuritadi.
“Yandeks”da “Inklyuziya” yo‘nalishiga raahbarlik qiluvchi Valeriya Kurmak ilovalaringiz va IT-echimlaaringizni nogironligi bor shxslar uchun qanday imkonli qilish haqida gapirib beradi. Valeriya misollar yordamida turli auditoriyalarning foydalanuvchilik stsenariylrini qanday qilib inobatga olish mumkinligini ko‘rsatadi.
Bizga qo‘shiling va:
– Qozog‘istonlik ishtirokchi qizlar va jamoalar bilan tanishing;
– ilovangizni qanday qilib inklyuziv qilishni tushunib oling (bu ko‘plab kishilar uchun va “Technovation”da loyihangizga hakamlik qilish mezonlari uchun muhim). G’oyangiz hozir nogironligi bor odamlarga yordam bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, uni shunday odamlar uchun qulay qilish mumkin!
16-fevral (juma) kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da Zoom platformasida uchrashamiz. Seminar rus tilida o‘zbek tiliga tarjima bilan o‘tkaziladi. Barcha ishtirokchilar va mentorlarni kutamiz!
Новости по теме