22 Yanvar 2024

O‘zbekistonda Technovation Girls 2024 xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish ochildi!

Biz quyidagilarni o‘rganishni xohlaydigan mamlakatlarning barcha hududlaridan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan faol qizlarni izlayapmiz:

  • mobil ilovalarni ishlab chiqish;
  • biznes-reja yozish va ijtimoiy startaplarni ishga tushirish;
  • sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish;
  • jamoada ishlash;
  • video tasvirga olish;
  • loyiha taqdimotini tayyorlash va omma oldida chiqish qilish;
  • BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari haqida bilib olish;
  • O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda IT-kompaniyalarda muvaffaqiyatli ishlayotgan qizlar bilan tanishish.

Offlayn-treninglar va seminarlar 6 ta shaharda o‘tkaziladi: Toshkent, Nukus, Andijon, Namangan, Samarqand va Farg‘ona. Onlayn-seminarlarda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi jamoalar qatnashishi mumkin.

Sizda o‘z kuchingizni texnologik va ijtimoiy tadbirkorlikda sinab ko‘rish kabi noyob imkoniyat mavjud!Siz mentorlar ko‘magida, jamoa bilan birga, mamlakatimizdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan mobil ilovalarni o‘zingiz yaratasiz.

O‘zbekistonning eng yaxshi jamoalari xalqaro tanlov finalida Kremniy vodiysiga (AQSh) boradi. 2023 yilda O‘zbekistonning Tecnas jamoasi Kaliforniyada o‘z loyihasini taqdim etdi va dunyoning eng yaxshi TOP-3 jamoalari ro‘yxatidan joy oldi!

Siz navbatdagi g‘oliblarga aylanishingiz mumkin! Dasturda qatnashish bepul. Ingliz tilini bilish shart. Qatnashish uchun xalqaro tanlov saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak: https://my.technovationchallenge.org/

————

2024-yil mavsumida Technovation Girls Uzbekistan dasturi Tech4Impact NNT tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yandex texnologik kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK