09 Fevral 2022

Oracle xalqaro eksperti, Jeroen Kloosterman, 10-fevral kuni vebinar o‘tkazadi

Oracle xalqaro eksperti, Jeroen Kloosterman, 10-fevral kuni soat 18:00da vebinar o‘tkazadi

 

Mavzu: «Analitikaga kirish va ML (machine learning)».

 

Reja:

  • mijozlarimizdan misollar;
  • ML (machine learning) – asosiy nazariyasi;
  • ko’rgazmaviy namoyish.

 

Spiker: Jeroen Kloosterman, Oracle EMEA (Europe, the Middle East and Africa) uchun Analitik texnologiya mahsuloti strategiyasi direktori. Konsalting, biznesni rivojlantirish va ta’lim sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega, shuningdek, ma’lumotlar fani va tahlilini ommalashtirish ustida ishlaydi.

 

“Texnologiyalar mening ishtiyoqim. Men innovatsiyalar kiritishni va texnologiyalar bikan tajribalar o’tkazishni, shuningdek, o‘z qobiliyatlarim bilan boshqalarni o‘rgatish va ilhomlantirishni yaxshi ko‘raman”.
– Jeroen Kloosterman.

 

Oracle (Oracle Corporation) — xalqaro korporatsiya boʻlib, daromad boʻyicha dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida ikkinchi o’rinda turadi (Microsoftdan keyin) va server jihozlarining asosiy yetkazib beruvchi kompaniyadir. Biz aynan Oracle ekspertini analitika bo’yicha seminarni o’qishga taklif qilganimiz sababi – bu kompaniya ma’lumotlar bilan ishlash bo’yicha dunyodagi yetakchilardan biri hisoblanadi.

 

Savollaringizni tayyorlang!

 

Seminar ingliz tilida, rus va o‘zbek tillariga tarjima bilan o‘tkaziladi.

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK