07 Iyun 2021

ClimateLaunchpad 2021

O‘zbekiston startaplarini ClimateLaunchpad “yashil” biznes-g‘oyalar xalqaro tanlovida qatnashishga taklif qilamiz🌎🍀.

O‘zbekistondan arizalarni qabul qilish 21-IYUNGACHA ochiq. Ariza ingliz tilida https://climatelaunchpad.org/application-form/ havolasi bo‘yicha taqdim etiladi.

 

Tanlovda qanday loyihalar qatnashish mumkin:
💡 g‘oya bosqichidagi yoki 2020-2021 yillarda ishga tushirilgan startaplar
💰 € 200,000 dan ko‘p bo‘lmagan investitsiyalarni olgan startaplar
📊 o‘z mahsulotlarini ommaviy sotishni boshlamagan startaplar

 

Loyihalarning mavzulari:

✅ Suv resurslarini boshqarish, suvni tozalash
✅ Atrof-muhitning ifloslanishi
✅ Energetika, muqobil energiya manbalari (quyosh energiyasidan, shamol energiyasidan foydalanish)
✅ Qishloq xo‘jaligi, agrobiznes
✅ Iqlim o‘zgarishi
✅ Aqlli shahar

 

Startaplar nimalarga ega bo‘ladi

ClimateLaunchpad maqsadi — startaplarni ishga tushirish, investitsiyalarni jalb qilish, startaplarning biznes-modellari va startapingiz qanday qilib sizga iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirishga yordam berishi mumkinligi haqida sizga bilimlar berishdan iborat.

 

❗️ Dastur ishtirokchilari nimalarga ega bo‘ladi?

✅ Eng zo‘r Yevropa akseleratori darajasidagi bilimlar. Bizning bitiruvchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan ko‘plab startaplar tanlovlarida g‘olib chiqadi.

✅ G‘oyangizni biznes bosqichigacha yetkazish imkoniyati;

✅ Axborot ko‘magi va xorijiy hamkorlar bilan tanishish;

✅ Yevropaning Climate-KIC akseleratoriga o‘tish va investitsiyalarni yutib olish imkoniyati.

 

Bu yil ClimateLaunchpad tanlovi onlayn o‘tkaziladi, ishtirokchilar ham onlayn-kursdan o‘tadi, keyin xalqaro trener bilan 3 kunlik onlayn-Butkempdan o‘tadi. Eng yaxshi loyihalar o‘z startaplarini O‘zbekistondagi finalda taqdim etadi, keyin esa – mintaqaviy finalda. Xalqaro finalga butun dunyodan 16 ta jamoa o‘tadi.

 

Dastur ingliz tilida o‘tkaziladi, shu bois ingliz tilini bilish tanlov uchun majburiy hisoblanadi.

Arizalar 21 IYUNGACHA ushbu havola bo‘yicha qabul qilinadi:
https://climatelaunchpad.org/application-form/

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifamiz:
https://www.facebook.com/climatelaunchpaduz/

 

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK