13 Oktyabr 2021

Akmal Nasriddinov – yuqori darajali savdo bo’yicha onlayn trening o’tkazadi

16-oktabr, shanba kuni, soat 16:30 da sizni eng yaxshi savdo bo’yicha onlayn treningiga taklif qilamiz!

Spiker: Akmal Nasriddinov, Marketbridge va Marketbridge Events asoschisi va rahbari.

Spiker haqida:

  • savdo bo’yicha maslahatchi va murabbiy;
  • 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 2008 yilda Yaponiyadagi Waseda universitetini MBA darajasini olgan;
  • O’zbekiston, Yaponiya, Rossiya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda (Coca-Cola, Hilti, World Trade Group) sotish va marketing sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega;
  • 2012 yildan buyon o’zbek kompaniyalariga kuchli xodimlar va tizimli jarayonlar bilan savdo bo’limlarini qurishda yordam bermoqda. Uning mijozlari orasida Murad Buildings, Nest One, Bayer, ASIA sug’urta, Dena, Home market, Kapital Sug’urta, Kafolat, Orient Focus Bank va boshqa ko’plab yirik kompaniyalar bor.

Savdo bo’yicha savollaringizni tayyorlang!

Vebinar Zoom platformasida o’tkaziladi.
_
Treninglar Kanada mahalliy tashabbuslar jamg’armasi bilan hamkorlikda tadbirkor ayollar uchun Tech4Impact «Yashil» texnologiyalar biznesini jadalashtirish dasturi doirasida o’tkaziladi.

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK