25-mart: ilmiy startaplar kuni

#science

25 Mart 2019

25-mart kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida “Ayollar fan va texnologiyalar sohasida” Markaziy Osiyo haftaligi o‘z ishini boshladi. Konferensiyaning birinchi kuni fandagi startaplarga va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish masalalariga bag‘ishlandi.

 

Tabrik so‘zi bilan Ilg‘or texnologiyalar markazining direktori Shahlo Turdiqulova, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Nazarov Azimjon Soatmurod o‘g‘li hamda Kremniy vodiysidan tashrif buyurgan mehmon Jillian Scott, Director, TechWomen at Institute of International Education chiqdi.

 

 

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, ayollarning faqat 5 foizigina iqtisodiyotning turli sohalarida yetakchi pozitsiyalarni egallaydi va faqat IKKI nafari O‘zbekiston hukumatida yuqori amalni – vazir va vazir o‘rinbosari mansabini egallagan. Spikerlar bo‘lg‘usi turli tadbirlarga boy va qiziqarli bo‘lgan Haftalik ishtirokchilarga ulkan ta’sir ko‘rsatadi va ayollar uchun o‘zlarini ilm-fan va texnika sohalarida namoyish etishga ajoyib rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida ushbu tadbir inson kapitaliga yo‘naltirilgan samarali investitsiyaga misol bo‘la oladi. Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida o‘tkaziladigan va mamlakatimizda yangidan start olgan TechWomen dasturi, shubhasiz, O‘zbekiston ayollarining salohiyati va imkoniyatlarini ochib beradi.

 

 

Konferensiyaga IT sohasining ayollardan iborat 18 nafar mutaxassisi hamda dunyoning boshqa mamlakatlaridan TechWomen dasturining stipendiatlari tashrif buyurgan. TechWomen dasturining faoliyati davomida dunyoning 21 ta mamlakatidan tashrif buyurgan 100 STEM-girls Amerikada bo‘ldi va o‘zlarini fan va texnologiyalar sohasida rivojlantirmoqda. TechWomen  —kosmopolit dastur bo‘lib, u mamlakatlarimiz uchun progressiv kelajak yo‘lida uzoq muddatli istiqbolga va samarali hamkorlikka yo‘naltirilgan

 

 

“Fanni tijoratlashtirish va ilmiy startaplar” taqdimoti bilan Rekha Pai‐Kamath, Silicon Valley Social Ventures, Partner, chiqdi.

Rekxa ilmiy ishlanmalar bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar va fan odamlarining farqlarini qanday ko‘rishini taqdim etdi va bir xil muammolarni hal qilishda turli yondashuvlar haqida hikoya qilib berdi. Tadbirkorlar muammoni aniqlaydi va uni hal etish uchun vositalarni izlaydi, olimlar esa teskaridan harakat qiladi: noyob texnologiyani yaratishadi va uni mavhum muammoni hal etish uchun moslashtirishga urinadi.  Hayotiylik va talabga egalik yo‘qligi tufayli hamma ilmiy ishlanmalar ham muvaffaqiyatli biznesga aylanmaydi. Iste’molchi uchun mahsulot yoki xizmatning so‘zsiz qiymatini  topish, laboratoriyadan keng ommaga chiqib, bozor ehtiyojlarini o‘rganish va tekshirish va faqat shundan keyingina g‘oyaning yashashga haqqi borligini isbotlash kerak.

Eng asosiysi – xato qilishdan qo‘rqmaslik, ularni o‘z vaqtida tuzatish va ularni yengib o‘tish hamda takomillashtirish yo‘lida olg‘a harakat qilish kerak.

 

Eileen Brewer, Symantec, kiberxavfsizlik mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘yicha kompaniya direktori, Elaina Tia, UX Designer, LinkedIn foydalanuvchilik interfeysining ishlab chiquvchisi, startaplar uchun pitch va mahsulot taqdimoti  bo‘yicha amaliy sessiyani o‘tkazdi.

Spikerlar o‘z nutqlarida pitchning boshlang‘ich bosqichiga va investor uchun taqdimotni shakllantirishning dastlabki bosqichlariga e’tibor qaratishdi. G‘oya taqdimotida muammo mohiyatini chuqur tushunish muhim ahamiyat kasb etadi, voqeaning emotsional yorqin bo‘lishi taqdimotingizning eng yaxshi ifodasi bo‘ladi. Taqdimot muammo ko‘lamini, auditoriyaning ehtimoliy qamrovini namoyish etishi kerak, chunki investor uchun ko‘lamlilik foydani anglatadi. G‘oyaning muhimligi investor uchun loyihaning haqqoniyligi va ishonchliligini tasdiqlovchi tekshirilgan manbalardan olingan shaffof ma’lumotlarni birlashtirish bilan mustahkamlanishi kerak.

Spikerlar umuman millat uchun katta salbiy oqibatlarga olib keladigan semirish muammosini hal etish uchun yaratilgan startap misolida iste’molchilarning statistik portretini, shu jumladan yoshi, jinsi, yashash hududi, salomatligi, xobbisi;yaratilgan mahsulotning keng maqsadli auditoriya tomonidan foydalanishga jalb etilganlik darajasi, bozorning yashovchanligi, mahsulotdan foydalanish imkoniyati va uning turli sotuv nuqtalarida mavjudligi, mijozga yetkazib berish stsenariylari, ishlangan logistikasi hamda mahsulot merchandayzingiga misollar hamda taqdimotda muhim bo‘lgan boshqa jihatlar bilan birga namoyish etishdi.

«Siz yaratayotgan biznes mijozlaringiz kamligi uchun yakunlanmasligi kerak. Uzoq yashaydigan mahsulotni yarating, o‘z o‘rningizni izlang, o‘z Markaziy Osiyongizni o‘rganing, maqsadli bozoringizning qiymatini tanqidiy baholang va faqat tekshirilgan ma’lumotlar manbalariga tayaning».

 

 

Beth Steinberg, Zenefits, Chief People Officer, “Investorlar startaplarda nimalarni izlaydi” mavzusida bahs-munozara olib bordi».

Spiker pitching paytida hammasini barbod qilishi mumkin bo‘lgan namunaviy muammolar va keng tarqalgan xatoliklar haqida gapirib berdi. Ularning orasida yetarlicha aniq bo‘lmagan, investorning barcha ehtimoliy savollariga javob bermaydigan pitching ham bor. “Siz g‘oyangizni sotishingiz kerak, demak, pitchingiz haqqoniy bo‘lishi va sotib olishga motivatsiyalashi zarur. Ramkali qoidalarga amal qiling, vaqtga qarang, iqtisodiy tarkibiy qismlarni belgilang. Pitchni qisqa, aniq va lo‘nda qiling”.

Steinberg xonim ayollar yaratadigan tadbirkorlik texnologik loyihalarni har doim qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Startap yaratadigan odamlar jamoada ishlashning ahamiyatini tushunishlari, o‘z g‘oyasiga ishtiyoqni his qilishi, uning mohiyatini tushunishi va uni joriy etish bilan qanday muammo hal etilishini anglashi lozim.

«Men o‘zimga tushunarli bo‘lgan loyihalarga, hayotiy muhim muammolarni hal qiladigan loyihalarga investitsiya qilaman, barcha savollarga javobi tayyor kishilarga emas, balki dunyoqarashi keng kishilarga investitsiya qilishga harakat qilaman. Ular o‘rganish va tinglashga, yangi axborot va bilimlarni olishga tayyor».

 

 

Konferensiya davomida startaplar va g‘oyalarning Speed mentoring interfaol sessiyasi o‘tkazildi, unda  Ilmiy akselerator ishtirokchilari va Kremniy vodiysidan tashrif buyurgan barcha ekspertlar qatnashdi: unda tinglovchilar jamoalari muammoni aniqlab, uni mentorlar yordamida hal etish yo‘llarini izladilar. Tadbir yakunida  uchta jamoa o‘z pitchlari bilan chiqdi va mutaxassislardan konstruktiv tavsiyalar va fikrlarni olishdi.

 

Другие мероприятия

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK