Qizlar –UniSat 2.0 dasturining ishtirokchilari – 2 ta nanosun’iy yo‘ldoshni loyihalashtirib stratosferaga uchirdi hamda biomateriallar, allergen zarralar va havo sifati bo‘yicha tajribalar o‘tkazdi

13 May 2023

TOSHKENT, 2023-yil 13-may. UniSat 2.0 dasturining finalchi qizlari O‘zbekiston viloyatining Navoiy viloyatidagi maydondan nanosun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi. Qizlarni trenerlar, muhandislar va aeronavigatsiya xizmatlarining mutaxassislaridan iborat jamoani qo‘llab-quvvatladi.

[Nanosun’iy yo‘ldoshlar kubsatlar (kosmosni tadqiq qilish uchun 10x10x10 sm o‘lchamdagi uncha katta bo‘lmagan sun’iy yo‘ldoshlar) turiga kiradi va UniSat kabi ta’lim dasturlarida foydalaniladi]

Ishtirokchi qizlar 8-12 may kunlari Toshkentda INNO Technopark laboratoriyalarida 2 ta nanosun’iy yo‘ldoshni noldan ishlab chiqishdi, dasturlashdi va yig‘ishdi. Bugun stratosferaga uchirilgan nanosun’iy yo‘ldoshlar qizlarga Yerning yuqori yechimdagi fotosuratlarini olish imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir kubsatning o‘z ilmiy missiyasi bor.

Kubsatlardan birida biomaterial uchirilgan (tajriba Xalqaro molekulyar allergologiya markazi va Ilg‘or texnologiyalar markazining olimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda). Qizlar stratosferadagi radiatsiyaning turli tirik organizmlarga (mog‘or zamburug‘i, drojji, chigit, mosh va loviyaga) ta’sirini tadqiq qiladi.

Ikkinchi nanosun’iy yo‘ldoshdan esa allergenlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan havodagi turli zarralar olindi. Bundan tashqari, nanosun’iy yo‘ldoshlarga joylashtirilgan datchiklar turli balandlikda havo harorati, bosimi, uning sifati va radiatsiyani o‘lchaydi. Havo sifati haqida to‘plangan ma’lumotlar 2022-yil may oyida xuddi shu hududda UniSat dasturining birinchi qatnashchilari tomonidan olingan ma’lumotlar bilan solishtiriladi.

Kubsatni uchirishdan oldin qizlar Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan quvvati 100 MVt bo‘lgan Nur Navoi Solar quyosh stantsiyasida bo‘lishdi. Bu Masdar kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilgan quyosh energetikasi sohasidagi birinchi loyiha hisoblanadi. Qizlar Nur Navoi Solar mutaxassislari bilan quyosh texnologiyalaridan kosmik dasturlarda foydalanish masalalarini muhokama qilishdi.

UniSat  STEM-ta’lim dasturi 6 oydan buyon davom etmoqda. Nanosun’iy yo‘ldoshlarni uchirishdan oldin mamlakatning barcha hududlaridan tanlovga ariza topshirgan 14-25 yoshdagi qizlar UniSat ta’lim modullari bo‘yicha onlayn o‘qishdi. Ta’lim dasturi yo‘ldoshsozlik, dasturlash, radioelektronika, ma’lumotlar tahlili, astronomiya, 3D-modellashtirish va muhandislik ishi bo‘yicha darslarni o‘z ichiga oladi. Asosiy fanlardan tashqari ta’lim jarayonining ijodiy jihatlari ham bo‘ldi: ishtirokchilar o‘z loyihalarini neyrotarmoqlardan foydalangan holda yaratishdi, roverlar, raketalar va marsoxodlarni loyihalashtirishdi, NASA Science dasturi bo‘yicha ilmiy astronomik tajribalarni o‘tkazishdi, astronomiya, gidrometeorologiya, kosmik fanlar sohasining olimlari bilan uchrashishdi. Shuningdek qizlar jamoada ishlash va loyihalarni boshqarish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishdi.

UniSat dasturi hamkor tashkilotlar – UNICEF, Tech4Impact NNT va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Uning asosiy maqsadi qizlarning nafaqat dasturga kiritilgan fanlar bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish, balki ularga loyiha ustida ishlash, jamoa bo‘lib ishlash, omma oldida chiqishlar qilish, vaqtni samarali boshqarish ko‘nikmalarini ham singdirishdan iborat. Tashkilotchilar STEM sohalarida (ilm-fan, texnologiyalar, muhandislik ishi va matematika) gender masalasiga jamiyatning e’tiborini qaratishni muhim deb hisoblaydi.

Batafsil ma’lumot — dasturning rasmiy saytida: www.unisat.uz

OAV uchun aloqa ma’lumotlari:

Nazokat Abduqunduzova

O‘zR Innovatsion rivojlanish agentligi

Matbuot kotibi

Tel. 998 93 506 24 59

El.pochta: n.abduqunduzova@mininnovation.uz

 

Saida Yusupova

Tech4Impact NNT

Direktor

Tel. 99890 319 77 21

El.pochta: info@tech4impact.uz

 

Inna Volfson

 

O‘zbekistondagi UNICEF vakolatxonasining

O‘smirlar va yoshlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi

 

Tel. 99893 505-5256

El.pochta: iwolfson@unicef.org

 

Nargiza Egamberdiyeva

 

O‘zbekistondagi UNICEF vakolatxonasining

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha

maslahatchisi

 

Tel. 99893 380 34 19

El.pochta:negamberdieva@unicef.org

 

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK