Tez orada “Technovation Girls Uzbekistan 2025» dasturi ochiladi!
18-fevral kuni soat 14:00 da «Technovation Girls Uzbekistan 2025” dasturining yangi mavsumi rasman ochilganini elon qilamiz! Bu yil dasturning ochilishi bir vaqtning o‘zida 6 ta shaharda o‘tkaziladi: Andijon, Namangan, Nukus, Toshkent, Urganch va Farg‘ona. Toshkentda barchani Raqamli texnologiyalar vazirligida kutamiz. Hududlardagi lokatsiyalarni keyingi postlarda e’lon qilamiz.
Tadbir dasturida:
✅ Tanlov va ishtirokchi qizlar uchun imkoniyatlar taqdimoti;
✅ Avvalgi mavsum ishtirokchilari, ularning yutuqlari va muvaffaqiyatlari bilan tanishuv;
✅ Netvorking va jamoalarni shakllantirish.
📢 Kimlarni kutyapmiz?
О‘z IT-startapini yaratishni orzu qilayotgan 8-18 yoshli qizlarni hamda jamoalarni ularning texnologik va tadbirkorlik yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan mentorlarni (19 yoshdan katta talabalar, ota-onalar hamda IT va biznes sohasining professionallari)
“Technovation Girls” dasturida qatnashish – bu sio‘lar uchun quyidagi imkoniyatlar:
🚀 Dasturlash va biznes-rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
🌍 Hamfikrlarni topish va hamjamiyatingizga yordam beradigan loyihani yaratish;
🎓 Xalqaro sertifikatga ega bo‘lish;
🇺🇸 О‘z ishingizni tanlov finalida Kremniy vodiysida taqdim etish!
❗️ Ro‘yxatdan o‘tish majburiy!
Ishtirok etish uchun shaklni to‘ldiring:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeUavVHVCbfzQFtYrA7tIasYi4T9V5KSamH5Mtxb8T2YwPE2g/viewform?usp=dialog
– Toshkentdagi manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi
– Andijondagi manzil: Digital City
– Namangandagi manzil: IT Park
– Nukusdagi manzil: Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlik
– Urganchdagi manzil: IT Park
– Farg‘onadagi manzil: Ahmad Farg‘oniy nomidagi Axborot-kutubona markazi
“Technovation Girls 2025” ga qo‘shiling — texnologiyalar va tadbirkorlik olamiga ilk qadamingizni tashlang! 🚀
———
2025-yilgi mavsumda «Technovation Girls Uzbekistan” dasturi “Tech4Impact” NNT tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda “Yandex Uzbekistan” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi
Другие мероприятия