Loyiha haqida

UniSat Stage 3 — bu kosmos va texnologiyalarga qiziqqan qizlarda muhandislik, ilmiy va tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy ta’lim loyihasidir.

Ushbu bosqichda ishtirokchilar nanosputniklarni loyihalash va dasturlash bo‘yicha uch oylik onlayn ta’limni o‘tadilar, shundan so‘ng intensiv Bootcamp bosqichida o‘z kuchlari bilan ikki dona CubeSatni yig‘ib, uchirishga tayyorladilar.


UniSat Stage 3 nazariya va amaliyotni birlashtiradi:

🔹 nanosputniklarni loyihalash va yig‘ish;

🔹 ilmiy missiyalar va tajribalar ishlab chiqish (biologik va kimyoviy yo‘nalishlarda ham);

🔹 milliy va xalqaro ekspertlar bilan hamkorlik;

🔹 Qoraqalpog‘iston hududidan stratosferaga sun’iy yo‘ldosh uchirish.


Dastur fan, texnologiya va ta’lim sohasidagi hamkorlar ko‘magida amalga oshirilmoqda — jumladan:

“Uzkosmos” agentligi, American Technological University (AUT), Roscosmos, UNICEF, va Tech4Impact tashabbusi.


UniSat Stage 3 shuni ko‘rsatadiki, kosmos — bu nafaqat fan, balki orzular, ilhom va O‘zbekiston qizlari uchun yangi imkoniyatlar haqida hamdir. ✨

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK