20 Iyun 2021

Nukus va Mo‘ynoq shaharlarida «yashil» texnologiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor ayollar uchun seminarlar

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish» loyihasi 18-20 iyun kunlari Nukus va Mo‘ynoq shaharlarida ayol tadbirkorlar uchun seminarlar o‘tkazdi.

 

 

Birinchi uchrashuv 18-may kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, Turizm va sport vazirligi, BMTTDning Qoraqalpog‘istondagi loyihalari, Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi vakillari, tadbirkor ayollar, NNT va oliy o‘quv yurtlarining vakillari va faol yoshlar ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat organlarining vakillari uchun o‘tkazildi.

 

Uchrashuv doirasida ishtirokchilar ayollar startaplarini rivojlantirish loyihasining rejalashtirilayotgan faolliklari haqida ma’lumotlar olishdi, startaplar va ayollar tadbirkorligi haqida Qoraqalpog‘iston aholisi orasida o‘tkazilgan  so‘rov natijalari bilan tanishishdi, loyihaning rejalashtirilayotgan faoliyati hamda hududda «yashil» biznes istiqbollari  bo‘yicha fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashishdi.

 

 

19-iyun kuni Nukus shahrida ayollarning texnologik «yashil» tadbirkorligi mavzusiga qiziqqan barcha kishilar uchun interfaol Ideathon seminari bo‘lib o‘tdi. Unda 50 ga yaqin kishi qatnashdi.

 

Seminar ishtirokchilari (tadbirkor ayollar, o‘qituvchilar, talaba qizlar, OAV vakillari) loyihaning 2 yillik faoliyat rejalari va startaplar akseleratsiya dasturida qatnashish uchun mezonlar  haqida biliib olishdi. Hududda faoliyat ko‘rsatuvchi taniqli tadbirkor ayollar o‘z bizneslarini yaratish tarixi bilan o‘rtoqlashdilar.

 

Shuningdek, biz hududdagi ijtimoiy va iqlim muammolarini hal qilish uchun «yashil» biznes sohasida g‘oyalar breynstormingi bo‘yicha interfaol mashqni o‘tkazdik. Ishtirokchilar chiqindilarni saralash, baliq xo‘jaligi, yangi ish o‘rinlarini yaratish va onlayn-platformalar bo‘yicha ko‘plab startap-g‘oyalarni taqdim etishdi.

 

 

20-iyun kuni loyihamiz tadbirlari Mo‘ynoq shahrida bo‘lib o‘tdi. Biz shaharning ayol tadbirkorlari bilan uchrashdik, dasturning 2 yillik faoliyat rejalari haqida gapirib berdik hamda shaharda «yashil» tadbirkorlikni rivojlantirish uchun g‘oyalar breynstormingi bo‘yicha interfaol  Ideation sessiyasini o‘tkazdik.

 

Mo‘ynoqda — aholini ichimlik suvi, ish o‘rinlari bilan ta’minlash borasida katta muammo mavjud, seminar ishtirokchilari  tomonidan taklif qilingan g‘oyalarning ko‘pchiligi suv masalalari, turizm, chiqindilarni qayta ishlash va organik o‘g‘itlar bilan bog‘liq edi.

 

 

Loyihaning yaqin rejalarida — maxsus trening dasturidan o‘tadigan mentorlarni (startaplar murabbiylarini) ishga tushirish va akseleratsiyaning birinchi tsikliga ayollar startaplari yig‘ilishini e’lon qilish.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Bolalar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash uyushmasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududiy bo‘limi), Qoraqalpog‘iston yoshlar ishlari bo‘yicha agentligi va Qoraqalpog‘iston Savdo-sanoat palatasiga seminarlar va uchrashuvlarni tashkil qilishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiramiz.

————-

Loyiha haqida: «O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish» loyihasi 2 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya fondi ko‘magida Tech4Impact dasturi tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 2 yil ichida Nukus va Mo‘ynoqda faoliyat ko‘rsatuvchi ayollar tomonidan boshqariladigan 20 ta startap-loyiha uchun akseleratsiya dasturini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Eng yaxshi 6 ta loyiha 2 000 AQSH dollari miqdorida investitsiyaga ega bo‘ladi.

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK