26 Yanvar 2022

O‘zbekiston qizlari: bolalik orzularidan ilmiy tadqiqotlargacha

 

“Bolaligimda men tungi osmonda samolyotlardek uchadigan oppoq yulduzlarni tez-tez ko’rardim. Men hamisha ular nima ekanligini bilishni istardim”, deydi samarqandlik Iqboloy Umarova (19).

 

Otasi u yulduzlar sun’iy yo’ldosh ekanligini aytganida u kosmonavtikaga qiziqib qoldi. Bu qizning nazarida sun’iy yo’ldoshlar Yerdan kosmosga uchayotgan yulduzlardir.

 

Iqboloy dasturlash, koreys va italyan tillarini o’rganadi. U g’oyalarni o’ylab topishni yaxshi ko’radi va ularni kundalik daftariga yozib qo’yadi.

 

UniSat xalqaro ta’lim dasturi fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM)ga qiziquvchi Iqboloy singari o‘zbekistonlik qizlarning orzularini ro’yobga chiqarish uchun imkoniyat berdi.

 

“Mamlakatimiz qizlar jamoasi nanosun’iy yo’ldoshni qurib, uni stratosferaga uchirmoqchi ekanini bilganimda mamnuniyat bilan ushbu loyihaga qo’shildim. Rivojlanish bo’limi rahbari bo’lishni orzu qilaman”, deya Iqboloy o’z rejalari bilan o’rtoqlashadi.

 

Dastur davomida tanlovdan o’tgan O‘zbekistonning barcha hududlaridan 15-24 yoshli qizlarga dasturlash va muhandislik bo’yicha bilimlarini oshirish hamda loyihalarni boshqarish ko’nikmalarini rivojlantorish imkoniyati beriladi. Ishtirokchilar professional muhandislar va dasturchilar jamoasi ko’magida nanosun’iy yo’ldoshni loyihalashtirib, uni yig’ib, stratosferaga uchirishadi.

 

Loyihaning yana bir ishtirokchisi – Moskva muhandislik-fizika institutining Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent filiali 3-kurs talabasi Dilfuza Tojiboyeva. U “Elektroenergetika va elektrotexnika” mutaxassisligi bo’yicha talaba.

 

“Ishtirok etish haqidagi qarorni men darhol qabul qilmadim”, deya tan oladi Dilfuza. “Bunday miqyosdagi dasturda ishtirok etish ko’p vaqt, qat’iyat va intizomni talab qilishini tushunardim. Biroq ilm-fanga bo’lgan muhabbat, yangi bilim va tajribaga ega bo’lish istagi ustun keldi. Qolaversa, texnik universitetda olgan bilimlarimni amalda qo‘llashni sabrsizlik bilan kutyapman”.

 

Dilfuza bolaligidan narsalarni yasashni yaxshi ko’rardi. 5 yoshida qo’l ostida bo’lgan materiallardan qo’g’irchoqlar uchun uylar yasagan. Endi, 19 yoshida, u nanosun’iy yo’ldoshni yig’ib, stratosferaga uchiruvchilar qatorida bo’lishga umid qilmoqda.

 

“Ushbu dastur menga ham mustaqil ravishda, ham jamoada ishlash bo’yicha bebaho tajriba beradi hamda muhandislik va dasturlash bo’yicha o’sishimga yordam beradi”, deydi Dilfuza. “Kichik, ammo qat’iy qadamlar bilan biz koinot sari intilyapmiz, bilimlarimiznini amalda qo’llashni, ulardan muhim saboqlar olishni o’rganyapmiz”.

 

Nanosun’iy yo’ldoshni O’zbekistonda 2022-yil 12-aprelda uchirish rejalashtirilgan. Iqboloy va Dilfuza kabi qizlar o’zlari parvoz rejasini tuzib, aeronavigatsiya xizmatlari mutaxassislari nazorati ostida nanosun’iy yo’ldoshni O’zbekistondagi maydonchadan uchiradilar. Stratosferaga uchirilgan nanosun’iy yo’ldosh Yer va yulduzlarning yuqori aniqlikdagi suratlarini olish imkonini beradi. O’rnatilgan maxsus elementlar kelajakda ilmiy tadqiqotlar uchun foydali bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni to’playdi.

 

UniSat dasturi UNICEFning O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’izistondagi vakolatxonalari tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. O’zbekistonda ushbu loyiha Tech4Impact NNT va O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Hamkorlarning barcha sa’y-harakatlari qizlarning STEMga qiziqishini oshirishga qaratilgan.

 

“Afsuski, jamiyat, atrofdagilar tomonidan o’rnatilgan gender noto’g’ri qarashlari tufayli kamdan-kam qizlar STEM kasblarini tanlamaydilar”, deb o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi Dilfuza. “Qizlar fan rivojiga hissa qo‘shishga va texnik kasbiy faoliyatda yuksak marralarni zabt etishga qodirligini isbotlash istagi UniSat dasturida ishtirok etishdga qaror qilishimda hal qiluvchi omillardan biri bo‘ldi. Ishonchim komilki, ilm-fan ayollar va erkaklar uchun bo’linishlardan ustun turadi. Eng muhimi, har qanday stereotiplarga e’tibor bermaslik, o’z ustida ishlashda davom etish, maqsadingizni tushunish va unga intilishdir», qat’iyatlik bilan deydi u.

 

Manba: UNICEF Uzbekistan/2022

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK