Inxa universitetidagi keng ko‘lamli Startup Mix konferensiyasi

#startupmix

26 Mart 2019

Shu yilning 26-mart kuni Inxa universitetining bir nechta maydonida parallel bo‘lib o‘tgan Startup Mix konferensiyasi 25-30 mart kunlari Toshkent, Samarqand va Nukus shaharlarida o‘tkazilgan “Ayollar fan va texnologiyalar sohasida” Markaziy Osiyo haftaligining muhim voqealaridan biriga aylandi.

Toshkertda ilk bor yigirmaga yaqin yuqori darajadagi chet ellik IT- mutaxassislar to‘plandi. Xususan, konferensiyada qatnashish uchun Google, Apple, Linkedin va dunyoning boshqa yetakchi  IT-kompaniyalaridan ekspertlar, shuningdek Markaziy Osiyoning to‘rtta mamlakati, Kremniy vodiysi va Buyuk Britaniya kompaniyalaridan investorlar, tadbirkorlar va olimlar tashrif buyurdi.

Haftalikning tantanali ochilish marosimida bir nechta faxriy mehmon, hamkorlar va tashkilotlarning vakillari so‘zga chiqdi.

 

Rajabboyev Sharofiddin Raximberdiyevich, Innovatsion rivojlanishi vazirining birinchi o‘rinbosari, tadbirni ochar ekan, mehmonlarni qutladi va ayollarning ilmiy-texnologik sohalarda va kasblarda oshib borayotgan rolini qayd etdi.

 

Xelena Freyzer, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori quyidagilarni qayd etdi: bugungi kunda O‘zbekistonda tadbirkor ayollarga ko‘rsatilayotgan ko‘mak gender tengligi to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar namoyish etilmoqda.   Zamonaviy texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish esa gender tengligi yo‘li bo‘yicha harakatlanishga yordam beradi, bu har qanday jamiyatning gullab-yashnashi uchun muhimdir.

 

 

Jillian Skott, TechWomen at Institute of International Education dasturining direktori quyidagilarni ta’kidladi: dunyoning 21 ta mamlakatidan, shu jumladan O‘zbekistondan ham ayollar qo‘shilgan TechWomen dasturi ayollarga texnologiyalar sohasida yetakchi bo‘lishga yordam beradi. TechWomen ishtirokchi ayollari, mentorlari, tashkilotchilari – ularning hammasi haqiqatdan ham o‘z hamjamiyati va mamlakatida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qodir insonlardir.

 

 

Alisher Sadullayev, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari yoshlarning fan va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatladi va jamiyat muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun ushbu sohalarni o‘rganish muhimligini qayd etdi.

 

Muzaffar Jalolov, Toshkentdagi Inxa universiteti rektori v.b., Inxa universitetining Startup Mix va Technovation kabi ijtimoiy muhim tashabbuslarga sodiqligini qayd etdi.

_________

Tantanali ochilish marosimidan keyin 3 ta panelli munozara o‘tkazildi:

Jon Braun, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sadullayev, Laura Messerschmitt, Vice President of Global Customer Experience, GoDaddy va Nargiza Abdubaliyeva, Twitter Developer Community Leader (Qirg‘iziston) ishtirokidagi XXI asrda muvaffaqiyatli karera uchun zarur bo‘ladigan ko‘nikmalar va texnologiyalar haqida munozaralar.

 

Alisher Sadullayev o‘z nutqida quyidagilarni qayd etdi: «O‘zbekistonda katta demografik kredit mavjud. Bizga yoshlarni tanqidiy hamda kreativ ijodiy fikrlash kabi foydali ko‘nikmalarga o‘rgatish juda muhim. Shuningdek, salbiy tajribadan saboq chiqargan holda yangi kommunikatsiya metodlariga moslashish zarur».

STEM sohasida mintaqaviy hamkorlik munozaralarida Veronika Oget, Sr Program Manager, NPI at Amazon, Lab 126, Diana Soy, Technovation Kazakhstan koordinatori, Veronika Yurchenko, PyCon i Django Girls in Bishkek hamtashkilotchisi, Parvina Raximova, Startupstan kompaniyasining xalqaro rivojlanish bo‘yicha menejeri, Catriona McGill, Technical Development Manager at clean technology venture, Desolenator, qatnashdilar.

 

 

«Bugungi konferensiya tajriba almashish uchun ajoyib platforma hisoblanadi. Afsuski, uncha ko‘p bo‘lmagan tashkilotlar bunday voqealarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Logistika, moliya va boshqa tarmoqlar tomonidan qo‘llab-quvvatlash mavjud bo‘lganida hamkorlik unumliroq rivojlanadi», — deydi Veronika Yurchenko.

Markaziy Osiyo va Kaliforniya o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlari haqida Amazon, Lab 126 kompaniyasining katta dasturiy menejeri Veronika Oget gapirib berdi:

«Biz bir nechta dasturni — TechWomen, TechGirl va Technovation dasturlarini ishga tushirdik, ularning doirasida samarali o‘zaro harakat qilyapmiz. Ushbu dasturlar tufayli qizlar va ayollar Kremniy vodiysiga tashrif buyurishlari, Virjiniya politexnika universitetiga o‘qishga kirishlari hamda O‘zbekistonlik yoshlar uchun mo‘ljallangan til o‘rganish bo‘yicha ikki yillik maxsus kurslarni o‘tashlari mumkin.

Konferensiya Markaziy Osiyodagi yetakchi ayollarning fan, ta’lim va texnologiyalarga qo‘shayotgan hissasi haqidagi bahs-munozaralar bilan davom etdi. Unda Ilg‘or texnologiyalar markazining direktori, biologiya fanlari doktori Shahlo Turdiqulova, BaiNec kompaniyasining CEO va asoschisi, o‘qituvchi Saltanat Alieva, Erin Keeley, Western Digital, Global Engineering Director, Angliyalik olim va tadbirkor Dr. Monika Tomecka qatnashdi.

 

 

Spikerlar o‘z loyihalari va o‘z faoliyatlarini rivojlantirish rejalari haqida gapirib berishdi.

Xususan, Shahlo Turdiqulova quyidagilarni ta’kidladi: u rahbarlik qiladigan va maqsadi fan va biznesni birlashtirish bo‘lgan Markazda muvaffaqiyatli tijorat ilmiy mahsulotini ishlab chiqish o‘tkazilayotgan tadqiqotlarning yakuni bo‘lishi kerak. Ayni paytda markazda turli sohalarga (sog‘liqni saqlash, ta’lim, muqobil energiya manbalari va boshqalar) oid 20 ga yaqin startap ishlamoqda.

Erin Keeley, Western Digital, Global Engineering Director, atrof-muhitni himoya qilish loyihalari va bolalarga ta’lim berish dasturlari, shu jumladan yoshlarning ijtimoiy zaif qatlamlari uchun dasturlar haqtda gapirib berdi. Dr. Monika Tomecka olimlar uchun taqdim qilish ko‘nimalarining muhimligini ta’kidladi, bu progressiv g‘oyalarni ommalashtirish, shu jumladan fan ayollar uchun ochiqligi va hayotga ijobiy o‘zgarishlar kiritishi mumkinligini ommalashtirish imkonini beradi.

____________________________

Keyin tadbir qator parallel sessiyalar bilan 4 ta auditoriyada davom etdi.

«Astana» xaqlaro moliya markazining investitsion imkoniyatlari haqida “Astana” Xalqaro moliya markazining hamkorlik va mentorlik dasturlari rahbari Diana Soy va “Astana” xalqaro moliya markazining Fintech Hub rahbari o‘rinbosari Akbota Biyarova so‘zlab berdi.

«Astana» xalqaro moliya markazi Markaziy Osiyo, YeOIK, Yaqin Sharq hamda Xitoy, Mo‘g‘iliston va Yevropa uchun mintaqaviy moliyaviy xabga aylanish uchun mo‘ljallangan, bunda u birinchi navbatda Markaziy Osiyo mamlakatlarining moliyaviy ekotizimini rivojlantirishga mo‘ljal olgan. Moliya markazi maydonchasiga tashqi kapitalni jaob etishning asosiy vositalaridan biri – bu AXMM (AIX) birjasida qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishdir. AXMM Osiyo mamlakatlaridan katta qo‘yilmalarni kutmoqda, chunki Shanxay fond birjami va Ipak yo‘li fondi AIXning strategik investori hisoblanadi.  Jahon moliyaviy hamjamiyatidan hamkorlar – NASDAQ va Goldman Sachs kompaniyalari g‘arb bozorlarining likvidliligidan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.

«Startaplar uchun intellektual huquq» sessiyasida startaplarni himoya qilish bo‘yicha ko‘plab foydali amaliy faktlar tilga olindi. Sessiyani AmCham Uzbekistan kompaniyasi taqdim etdi, unda Legalmax Law Firm kompaniyasining boshqaruvchi hamkori, advokat, patent bo‘yicha ishonchli vakil Muhammadali Mahmudov, Patricia Bovan Campbell, Vice President and Deputy General Counsel, Salesforce, intellektual mulk bo‘yicha ekspert, JIDU va DDYU o‘qituvchisi Ilhom Hamidov va Mirzo Ulug‘bek nomidagi Innovatsion markaz direktori Timur Azamatovlar qatnashdi.

 

 

Parallel sessiyalardan birida Makerspace Almaty vakili Batirxan Suleymandan videomeyking bo‘yicha 3 soatlik mahorat darsi o‘tkazildi. Qideomeyking, reklamada, SMM va mediasohada katta talabga ega vektor hisoblanadi, chunki fotoreklama bozordan chiqib ketyapti. Sessiyada Batirxan videoga olish asoslari haqida gapirib berdi va kameraning barcha imkoniyatlaridan qanday qilib to‘g‘ri foydalanishni namoyish qildi.

Hozir Kremniy vodiysida nimalar dolzarb?  Texnologiyalardagi trendlar haqida Laura Messerschmitt, Vice President of Global Customer Experience, GoDaddy & Veronika Oget, Sr Program Manager, NPI at Amazon so‘zlab berishdi. Spikerlar Kremniy vodiysidagi top 10+ dolzarb tendentsiyalarni bayon etishdi, ularning orasida virtual voqelikni rivojlantirish, bulutli hisoblashlar, quyosh energiyasini rivojlantirish, izlash tizimlari evolyutsiyasi, shopping kelajagi, avtonom transport vositalari, dronlardan foydalanishni rivojlantirish, robot texnikasi, buyumlar interneti va “Aqlli uy” tizimlarini rivojlantirish, mashinali ta’lim va, albatta, blokcheyn kabi mavzular mavjud.

 

 

O‘zbekiston yoshlari uchun STEM karerasidagi yo‘nalishlar haqida talabalar uchun karera imkoniyatlari va karerani rejalashtirish haqidagi sessiyada so‘z bordi.  Unda Google kompaniyasining strategik dizayneri Zoi Shladou va Northgate Environmemtal Management kompaniyasining yetakchi geologi Mayli Smit so‘zga chiqdi.  STEM juda tez rivojlanmoqda va bu sohalarda ish topish yo‘llari juda ko‘p. Ammo o‘zgarishlarga tez moslashish uchun tanqidiy fikrlash zarur. Qaerda bo‘lishimdan qat’i nazar, men nima qilishni istayman? Qanday muammolarni hal qilishni xohlayman? – degan savollarga javob berish muhim. Agar bunday rol mavjud bo‘lmasa, uni o‘ylab topish lozim bo‘lsa, unda uni o‘ylab toping. Quyidagilar rivojlantirilishi samarali bo‘ladigan yo‘nalishlar hisoblanadi: tiklanadigan energetika (quyosh va shamol), injeneriya, IT-texnologiyalar, ma’lumotlar tahlili, statistika, matematika, kiberxavfsizlik, arxitektura va dizayn, sanoat, biotexnologiyalar, ekologiya va texnologik etika.

Kremniy vodiysidan tashrif buyurgan mehmon Rekha Pai‐Kamath, Silicon Valley Social Ventures, Partner, Fast Forward, Board Member, “Kremniy vodiysi investorlari startaplarda nimani izlaydi” mavzusidagi taqdimot bilan chiqdi. Rekxa investor sifatida ham tijorat, ham notijorat loyihalarini ko‘rib chiqadi. Ammo ayniqsa uni ijtimoiy ahamiyatining ulushi yuqori bo‘lgan, ekologiya, tibbiyot va boshqa sohalardagi loyihalar jalb etadi.

«O‘zimni investor sifatidagi faoliyatini qanday ko‘raman, startaplarni investor nuqtai nazaridan qanday baholayman? Tashqi moliyalashtirish startapning ehtiyojlari va rejalariga bog‘liq bo‘ladi, ammo biznesni boshlagan paytda tashqi investitsiyalar kerak emas, boshlang‘ich bosqichda ko‘p pul qo‘yish shart emas. Sarmoya ilmiy yoki dasturiy mahsulotni ishlab chiqishda zarur bo‘ladi. Odatda, bunday mahsulotlar  hali bozorga chiqmasdan turib, ko‘p vaqt, moddiy, va intellektual xarajatlarni talab qiladi. Sotuvlar boshlanganida, ular barcha xarajatlarni qoplamaydi, siz sarflashda davom etasiz va o‘sha o‘lim zonasiga kirasiz, ana shunda sizga moliyalashtirish zarur bo‘ladi».

 

 

American Chamber of Commerce in Uzbekistan tomonidan o‘tkazilgan korporativ mentorlik bo‘yicha davra suhbatida GM kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori va GM Powertrain Uzbekistan kompaniyasining bosh direktori Jennifer Bigelou so‘zga chiqdi: «Nega murabbiylik bu darajada muhim? Biz xodimlarimizning salohiyatini oshirishni, bo‘lg‘usi yetakchilarni rivojlantirishga investitsiya qilishni istaymiz. Biz GMda shunday kurslarni ishlab chiqdikki, unda bosqichdan bosqichga o‘tish jarayoni juda qulay va mavzuga chuqurlashish asta-sekin yuz beradi. Tinglovchi va murabbiyni tanlash jarayoni ham muhim: dasturning har bir ishtirokchisi olingan tajribaning qiymatini tushunishi kerak».

 

 

Komila Xasanova, BAT Uzbekistan vakili, Global Graduate Program loyihasi haqida gapirib berdi. Ushbu loyiha turli sohada faoliyat ko‘rsatuvchi yosh mutaxassislar uchun yaqinda olgan bilimlarini amalda qo‘llash kabi ajoyib imkoniyatni taqdim etadi. Kompaniyaning yuqori malakali menejerlari dastur ishtirokchilarini har bir bosqichda qo‘llab-quvvatlab turadi.

Shachi Patel, Founder and Executive Coach, SETU Coaching,  bir paytlar o‘zi murabbiylik loyihasining ishtirokchisi bo‘lgan. U o‘z taqdimotini murabbiylik dasturining uchta asosiy “W”ga qurgan – What, Why va Where& How. Shachi Patel o‘z tinglovchilari orasidan muvaffaqiyatga erishgan bir nechta voqealarni misol qilib keltirdi, ularning orasida vatandoshimiz Shodiyabegim Bakhtiyorzoda ham bor.

TechWomen dasturida qatnashishdan keyin tug‘ilgan volontyorlik loyihalari haqida Qirg‘izistonda LeanIn mentorlik onlayn-dasturining asoschisi Nazira Sherali gapirib berdi. Uning qayd etishicha, loyihada qatnashishdan oldin vazifalarni uddalay olmaslikdan qo‘rqqan, biroq mentorlar uni o‘ziga ishonishga yordam beradi va maqsadlar sari ruhlantiradi. Har yili bitta loyihani ishga tushirish Naziraning ana shunday maqsadlaridan biriga aylandi. Bugun u Qirg‘iziston aholisi uchun boshqa mamlakatlardan murabbiylarni izlash bo‘yicha onlayn platforma yaratuvchisi hisoblanadi. Loyiha faoliyatining birinchi bosqichida Nazira murabbiylardan 42 ta ariza va bo‘lg‘usi tinglovchilardan 100 dan ortiq ariza oldi.

«Hozir nimalarga erishgan bo‘lsangiz, shularni olishga sizga kim yordam bergani haqida bir o‘ylab ko‘ring? Men bilgan kishilarning deyarli hammasi yaqinlari, hamkasblari yoki mentor ko‘magini olgan. Ba’zida odamlar o‘zlari hech nimaga erisholmaydi yoki qilolmaydi deb o‘ylashadi. Ana shu paytda yoningizda o‘zingizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda yordam beradigan kishi bo‘lishi juda muhim. Murabbiylik juda oddiy va muhim narsa. Murabbiylikda nafaqat tushunish, tinglash va maslahat berish muhim. Men ayollarga homiylik qilishga qaror qildim: bu malaka oshirish, yangi tajribaga ega bo‘lish bo‘lishi mumkin. TechWomen bilan ko‘p yillardan beri ishlayman va har safar men tinglovchilarimga qancha bersam, ulardan ham kam olmayotganimga ishonch hosil qilyapman», — deydi Beth Steinberg, Zenefits, Chief People Officer:

Nigora Abduaxadova, T-MBA kurslarining rahbari, Tojikiston: «Afsuski, ayollarni qamrab olish qiyin bo‘lgan uzoq hududlar mavjud. Aynan shu ayollarni jalb etish maqsadida loyihamizni yaratdik. Biz kurslarimizda o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil ta’lim olish muhimligi haqida gapiramiz. Yaqinda biz OIV bilan yashayotgan ayollarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan loyihani o‘tkazdik. Avvaliga uni amalga oshirishning deyarli iloji yo‘q deb o‘ylagandik, ammo aynan murabbiylik qadriyatlari tufayli u ro‘yobga chiqdi».

“Qanday qilib zo‘r rezyume tuzish va texnologik kompaniyalarda suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish” mavzusidagi sessiyada Apple vakili Hosai Omarkhil quiydagilarni gapirib berdi:  «Ish beruvchining “Hozir qancha maosh olasiz?” degan savoliga javob berishingiz shart emas. Unga bu muhim emasligini aytish va ish beruvchi har oyda qancha to‘lashga roziligini so‘rashning o‘zi kifoya. Agar siz qanday maosh normal ekanini bilmasangiz, o‘rtacha bozor narxlarini, sizni qiziqtirayotgan pozitsiya qanchaga baholanishini oldindan o‘rganib chiqing».

 

Salesforce xodimasi Sarasija Parthasarthy ham o‘z tavsiyalarini berdi: «Rezyumeda oldingi ish joylaringizni ko‘rsatar ekansiz, qanday kundalik ishlarni bajarganingizni sanab o‘tirmang. Kompaniyaga konkret qanday foyda olib kirganingizni, qanday maqsadlarga erishganingizni ko‘rsating. Masalan, agar siz savdolar bo‘limida ishlagan bo‘lsangiz, unda qancha vaqt ichida savdolar darajasini 20% ga oshirganingizni ko‘rsating. Hammasiga aniqlik kiriting. Bo‘lg‘usi ish beruvchingiz uchun haqiqatdan ham muhim bo‘lgan narsa ana shu hisoblanadi».

 

Kremniy vodiysidan tashrif buyurgan spikerlar Erin Wilkinson, Western Digital, Global Engineering Director va Elaina Tia, UX Designer, LinkedIn kompaniyasining foydalanuvchilik interfeysining yaratuvchisi o‘zining startapni taqdimot yordamida qanday ilgari surish va sotish, o‘z g‘oyangni sotish va o‘z auditoriyangning ishonchini qozonish borasidagi bebaho tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

 

 

Har bir investorning o‘z qadriyatlari va vazifalari bor, investorni qiziqtirish uchun kompaniya tarixini investor ehtiyojlari ostiga moslashtirish zarur. Loyiha taqdimoti barbod bo‘lmasligi uchun aniq moliyaviy rejani to‘plang, u investorga pitchning kreativligidan ko‘ra ko‘proq zarur. Voqeaning emotsional yorqin bo‘lishi taqdimotingizning eng yaxshi ifodasi bo‘ladi. Taqdimot muammo ko‘lamini, auditoriyaning ehtimoliy qamrovini namoyish etishi kerak, chunki investor uchun ko‘lamlilik foydani anglatadi.

G‘oya taqdimotida muammo mohiyatini chuqur tushunish muhim ahamiyat kasb etadi, g‘oyaning muhimligi esa investor uchun loyihaning haqqoniyligi va ishonchliligini tasdiqlovchi tekshirilgan manbalardan olingan shaffof ma’lumotlarni birlashtirish bilan mustahkamlanishi kerak. –“Startapni taqdimot yordamida qanday ilgari  surish va sotish mumkin” sessiyasi.

Pitchda ishingiz asosida yotgan sehrgarlikni tushuntirishingiz kerak. G‘oyangiz kichkina loyihadan ulkan resursgacha ko‘tarilgan, butun dunyo bo‘ylab ishlovchi Airbnb kabi zo‘r bo‘lishi shart emas. Albatta, investorlar muvaffaqiyatli xizmatlar ro‘yxatini izlaydi, ammo siz qiymati bir necha million dollarlik loyiha asoschisi bo‘la olmaysiz… Biroq ajoyib jamoa, yetarlicha asoslangan g‘oya, konkret rivojlanish strategiyasi va shaffof faktlar bilan mustahkamlangan aniq biznes-reja, doimiy yaxshilanishga bo‘lgan intilish – taqdimotingiz muvaffaqiyatining garovidir.

 

____________________________

 

Konferensiya yakunida Buyuk Britaniya va O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston startaperlari o‘z loyihalarining pitchlari bilan chiqdi.

Catriona McGill, hozirda faoliyati Buyuk Britaniya va Niderlandiyada kengayayotgan Desolenator kompaniyasining “sof texnologiyalar” bo‘yicha startapini texnik rivojlantirish menejeri, muhandis. U o‘z kompaniyasining mahsuloti haqida gapirib berdi. Nukusda yashaydigan odamlar Katriona gapirgan muammoni juda yaxshi anglaydilar, chunki sho‘r suv muammosi aynan shu hududda dolzarb hisoblanadi.

Desolenator — bu uncha qimmat bo‘lmagan quyosh energiyasidan ishlaydigan suvni chuchuklashtirish/tozalash mobil tizimi loyihasi. Qurilma quvvati fotoelementlar tomonidan ta’minlanadi, ularning issiqligi va elektr energiyasi ifloslangan va dengiz suvidan tiklanadigan bepul energiya manbai hisobidan sutkasiga 15 litr ichimlik suvini olish imkonini beradi.

Dunyoda suvni chuchuklashtiradigan, dengiz va okean suvlarini ichish uchun yaroqliga aylantiradigan ko‘plab juda yaxshi ishlaydigan texnologiyalar mavjud bo‘lishiga qaramasdan ular haddan tashqari qimmat, ulardan foydalanish esa atrof-muhitning ifloslanishiga olib keladi. Katriona ishlaydigan kompaniya shaxsiy va sanoatda foydalanish uchun narxi hamyonbop bo‘lgan katta va kichik Desolenator modellarini taklif etadi, ular tabiatga ko‘rsatiladigan zararni minimallashtiradigan texnologiyalarda ishlaydi.

 

Monika Tomecka, olim va tadbirkor, uFraction8 Ltd.kompaniyasining ijrochi direktori, u o‘zi taqdim etayotgan loyihaning imkoniyatlari haqida gapirib berdi. uFraction8 Ltd. kompaniyasi dalalardagi hosildorlikni oshirishga va ekin maydonlarining har bir kvadratining mahsuldorligini bir necha baravarga oshirishga qodir bo‘lgan maxsus texnologiyalarni ishlab chiqadi. Dalalarning mahsuldorligi va hosildorligini oshirish uchun maxsus tarzda qayta ishlangan mikroorganizmlar – mikro suv o‘tlaridan foydalaniladi, ular suv va tuproqdan zararli moddalarni so‘rib olish va ularning tabiiy resurslarga ta’sirini tekislashga qodir bo‘lib, bu oxir-oqibatda maqsadga erishishga, ya’ni kam xarajatlar bilan hosildorlikni oshirishga olib keladi.Kompaniya hozirning o‘zidayoq ushbu texnologiya prototipini yaratgan va loyihaning bir nechta bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Oldinda mikroorganizmlarni qayta ishlash bo‘yicha murakkab jarayon turibdi, kompaniya jamoasi hozir shuning ustida ishlamoqda.

 

 

Kosmonavtikaga bag‘ishlangan va sun’iy yo‘ldoshdan olinadigan ma’lumotlarni boshqarishga bag‘ishlangan startapni Zaynab Salim taqdim etdi. Kompaniya boshqariladigan ma’lumotlarni sotish bilan shug‘ullanadi va ma’lumotlar yordamida ko‘plab muammolarni hal qiladi. Ularning orasida muz qoplamini monitoring qilish, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, o‘rmonlarning noqonuniy kesilishining oldini olish muammolari ham bor. Biz buni qanday qilamiz? Sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar ma’lumotlarni beradi, biz vaziyatni kuzatamiz va fojianing oldini olish choralarini ko‘ramiz. Faoliyatimizning boshqa tomonlari – yo‘ldagi tiqilinchlarni boshqarish, fermerlarni hosil yig‘ish payti kelgani haqida ogohlantirish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar.

 

Akmal Salixov Vronica loyihasi haqida gapirib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, u virtual reallikka o‘yinlar ustida ishlash orqali kelgan. VR bosh harflari startap nomining boshiga chiqarilgan, bu loyihaning O‘zbekiston uchun innovatsion ekanini bildiradi. Loyiha slogani: «Taassurot qoldiradigan texnologiyalar». Loyiha jamoasi katta emas, u O‘zbekistonning BAT Uzbekistan, UCELL, Samsung, O‘zbekneftgaz kabi yirik kompaniyalari bilan hamkorlik qilgan holda turli sohalarda loyihalar yaratadi. VR texnologiyasi mijozni olamingizga “tushirish” kerak bo‘ladigan vaziyatlarda samarali. Startap o‘z faoliyatini boshlagan paytda ko‘plab xarajatlarga duch keldi: 3D-modellashtirish, level-dizayn, dasturlashtirish, testdan o‘tkazish. Ammo VR texnologiyalar kundan-kunga imkonli bo‘lib bormoqda. Akmal o‘z nutqida ushbu sohada o‘z loyihasini yaratishni istayotganlar uchun VRning keng imkoniyatlariga e’tibor qaratdi.

Saltanat Aliyeva, qirg‘izistonlik ijtimoiy tadbirkor, muhandis, biznesmen, «BaiNec» kompaniyasining asoschisi va bosh direktori bo‘lib, 3D-texnologiyalar bilan bog‘liq startapda faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu startap ikki yo‘nalishda rivojlanmoqda. Birinchisi – 3D-printerlarni chiqarish va ularni arzon narxlarda 250-400 dollardan sotish. Rossiyada ushbu texnika qariyb 600 dollar, Xitoyda esa 400-900 dollar turadi. Korxona moliyaviy barqarorlikka erishganidan keyin Saltanat Alievaning jamoasi 3D-printerda nogironlikka ega odamlar uchun protezlar chiqarishni ijtimoiy loyihasini ishga tushirdi. Ushbu protezlar taktil sezgilarni beradi. Shu o‘rinda mahsulot o‘z tannarxi bo‘yicha sotilayotganini qayd etish joiz. Saltanat “amaliy matematika va informatika” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasiga hamda iqtisodiyot bo‘yicha magistr darajasiga ega. Hindistonda kompyuter grafikasi va dizaynni o‘rgangan. Shuningdek u imitatsion modellashtirish, 3D-grafika va dizayn bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar va qator ilmiy maqolalar muallifi.

Konferensiyaning ijodiy qismi maktab o‘quvchilari va talabalar uchun Curiosity Maker Space dan amaliy vorkshoplar bilan taqdim etildi. Qizlar ona platalarni yaratishdi, oddiy robotlarni konstruktsiyalashdi va fizikaning asosiy qonunlarini o‘rganishdi. Bunga parallel tarzda Mozilla kompaniyasining Buyumlar Interneti bo‘yicha vorkshop-taqdimoti o‘tkazildi.

 

Другие мероприятия

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK