24 va 31 may kunlari Toshkentda Technovation Girls Uzbekistan-ning yakuniy bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi

17 May 2022

Barcha ishtirokchilar va mentorlarni mavsum yakunini biz bilan birga nishonlashga taklif qilamiz!

 

My Technovation Story: 24-may kuni soat 14:00 da Courtyard by Marriott Tashkent mehmonxonasida – “My Technovation Story” video hikoyalar tanlovining barcha ishtirokchilariga sovg‘alarni topshirish tantanali marosimi va Isroil elchisi Zehavit Ben Hillel bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

 

Agar video tanlovida qatnashmagan bo‘lsangiz ham – ro‘yxatdan o‘ting va keling, «Technovation» ning har qanday mavsumining ishtirokchilari va mentorlari tashkilotchilarning esdalik sovg‘alarini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Roʻyxatdan oʻtish uchun havolaga oʻting:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSesOCEsXvwBWO170x6RiXVSKp5Bw1SQZUtgolGpD3GFwl5V6w/viewform?usp=sf_link

 

Celebration event / Girls in STEM Day: 31-may kuni soat 14:00 da Innovatsion rivojlanish vazirligida – «Technovation Girls 2022» va «UniSat Uzbekistan 2022» dasturlarining yakuniy tadbiri bo‘lib o‘tadi. Natijalarni sarhisob qilib erishilgan yutuqlarni birgalikda nishonlaymiz va barcha ishtirokchilar va mentorlarga sertifikatlarni topshirish marosimini o’tkazamiz.

 

Barcha jamoalar bilan uchrashishni intiqlik bilan kutamiz!

Другие мероприятия

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK