UniSat: Qizlar uchun nanoyo’ldoshini STEM dasturi

🛰Hurmatli qizlar, biz O’zbekistonda misli ko’rilmagan, «UniSat – orzularingizni ishga tushiring» STEM dasturiga ro’yxatga olishni boshlaymiz!

Bu Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekistonning mintaqaviy loyihasi. O’zbekistonda bu dastur UNICEF, Tech4Impact NNT va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

5 oy mobaynida siz ilm -fan, texnologiya, dasturlash, kosmik tadqiqotlar olamiga eshiklarni ochish, nanoyo’ldoshini yig’ish va uni stratosferaga uchirish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

❇️ Biz 4 oylik onlayn va oflayn seminarlar, amaliy mashg’ulotlar o’tkazamiz, siz taniqli olimalar, kosmonavtlar, matematiklar, muhandislar bilan uchrashasiz;

❇️ Mart oyida 20 ta eng yaxshi ishtirokchi Olmaotada nanoyo’ldoshni yig’ish bo’yicha amaliyot o’tashi, Qozog’iston va Qirg’iziston jamoalari bilan tanishishi mumkin bo’ladi;

❇️ 2022 yil 12 aprelda biz sizning yig’ilgan nanoyo’ldoshingizni stratosferaga uchiramiz!

Qanday qilib UniSat dasturiga a’zo bo’lish mumkin? Osonlik bilan!

🙋‍♀️ O’zbekistonning barcha viloyatlaridan 14 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan qizlar qatnashishi mumkin;
🙅‍♀️ Maxsus ma’lumot va ko’nikmalar talab qilinmaydi.

📩 Ro’yxatdan o’tish va dastur haqida batafsil ma’lumot – www.unisat.uz saytida 📨

Yangiliklarni tashqaridan kuzatmang, balki biz bilan birga ularning yaratuvchisi bo’ling! Orzularingiz amalga oshsin!

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK