19 Fevral 2025

18-fevral kuni “Technovation Girls Uzbekistan” – O‘zbekistondagi qizlar uchun yirik STEM-dastur yangi mavsumiga start berildi.


Qizlar uchun
«Technovation Girls Uzbekistan 2025xalqaro tanlovining yangi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

18-fevral kuni “Technovation Girls Uzbekistan” – O‘zbekistondagi qizlar uchun yirik STEM-dastur yangi mavsumiga start berildi. Ushbu dastur “Tech4Impact” tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va «Yandex Uzbekistan” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Tadbirda 1500 nafarga yaqin xotin-qizlar bevosita ishtirok etishdi hamda Toshkent, Andijon, Namangan, Nukus, Urganch va Farg‘ona viloyatlaridagi qiziquvchi yoshlar ham onlayn qatnashish imkoniga ega bo’lishdi.

 

Technovation Girls —qizlar uchun xalqaro texnologik tanlov bo‘lib, har yili dunyoning 70+ mamlakatida o‘tkaziladi. Tanlovning maqsadi ishtirokchi qizlarga moslashuvchan ko‘nikmalarni berish, ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun ularni IT-texnologiyalarga, dasturlash imkoniyatlariga va sun’iy intellektga hamda texnologik sohalardagi tadbirkorlikka qiziqtirishdan iborat.

 

12 haftalik dastur marketing, dasturlash, biznesko‘nikmalar va taqdimot ko‘nikmalari bo‘yicha o‘rgatuvchi modullarni o‘z ichiga olgan. Qizlar mobil va veb-ilovalar yordamida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilishni o‘rganadi va BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bilan bog‘liq mavzular bo‘yicha innovatsion AI-dasturlarni yaratadi. Ishtirokchilardan dasturlash tajribasi bo‘lishi talab qilinmaydi.

 

«“Technovation Girls” O‘zbekistonda 9-yil o‘tkazilmoqda, yangi sheriklar bilan hamkorlik va hududlarda dasturning kengayishi tufayli biz ushbu mavsum jamoalar soni bo‘yicha ham, ular taqdim etadigan loyihalarning sifati bo‘yicha ham eng ko‘lamli bo‘lishiga umid qilamiz» – deya qayd etadi Saida Yusupova, “Tech4Impact” NNT direktori.

 

«“Technovation Girls Uzbekistan” tadbiri juda muhim tanlov. O‘tgan haftada Prezidentimiz yoshlar bilan muhim va samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda Prezidentimiz yoshlarimizning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha katta vazifalar va yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Shuningdek, hozirda yurtimizda xotin-qizlarning staraplarini qo‘llab-quvvatlashga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tadbirning bu yilgi ochilishi o‘zbek qizlarimizning loyiha va startaplarini yanada qo‘llab-quvvatlash uchun muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi, degan umiddaman. O‘ylaymanki, bu yil yaxshiroq harakat qiladigan bo‘lsak, Kaliforniyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro finalga chiqadigan qizlarning soni yanada ko‘proq bo‘ladi. O‘zbek qizlarining hech kimdan kam joyi yo‘q. Qancha xorijiy safarlarga borganimizda guvoh bo‘lamiz: bizning qizlarda kreativlik kuchliroq va bunga boshqa davlatlar havas qiladi. Oldingizga yaxshi maqsadlar qo‘yib harakat qilishdan to‘xtamaslagingizni tilab qolaman”, – dedi Sherzod Shermatov, Raqamli texnolgiyalar vaziri.

 

«Mana, bir necha yildirki, “Yandex Uzbekistan” kompaniyasi ushbu dasturni qo‘llab-quvvatlab keladi, biz IT sohasida qizlarning ko‘proq bo‘lishi – bu g‘oyalarning, ilg‘or yechimlarning va barcha uchun imkoniyatlarning ko‘payishi ekaniga ishonamiz. O‘tgan yili kompaniyamizning 60 nafar xodimasi loyihada mentor sifatida qatnashib, jamoalarga ijtimoiy masalalar uchun texnologik yechimlarni ishlab chiqishga yordam berdi. Biz dasturlash maktablari orqali bilimlar va karyera imkoniyatlarini, ishlanmalar, stajirovkalar, ta’lim dasturlarini taqdim etgan holda O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirishda davom etyapmiz», – deya qayd etadi Izzat Shukurov, “Yandex Uzbekistan” rahbari.

 

2025-yilda hamkorlik doirasida “Yandex” mutaxassislari O‘zbekistonning barcha hududlaridan ishtirok etadigan jamoalarga yana mentorlik qiladi. Har bir jamoa 3 oy davomida mentorlar yordamida ijtimoiy yo‘naltirilgan mobil yoki veb-ilovani yaratishi, loyihaning biznes rejasini yozishi va loyiha haqida video tasvirga olib, o‘z loyihasini tanlov finalida taqdim etishi kerak bo‘ladi.

 

O‘zbekiston jamoalari quyidagi mavzularda mobil ilovalarni ishlab chiqadi: ta’lim sifatini yashilash uchun AI (sun’iy intellekt)dan foydalanish, nogironligi bor odamlarga yordam berish va maktablarda bullingni pasaytirish, daraxt ekish va havo sifatini kuzatish, yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish, moliyaviy firibgarliklar holatlarini kamaytirish, ayollarning imkoniyatlari va huquqlarini kengaytirish va boshqa mavzular.

 

2023-yilda Kremniy vodiysida (AQSh) o‘tkazilgan “Technovation” tanlovining finalida O‘zbekistonning “Tecnas” jamoasi maktablar uchun VR-laboratoriya ilovasi bilan alqaro tanlov finaliga o‘tdi va butun dunyodan qatnashgan 2500 dan ortiq jamoa orasida 12 ta finalchi-jamoa safidan o‘rin oldi. Shuningdek, jamoa Social Impact Award” nominatsiyasida (bu ijtimoiy muammolarni hal qilishga hissa qo‘shadigan eng yashi “Technovation” loyihasi uchun mukofot) g‘olib deb topildi.

 

Avvalgi oqimlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha, hatto, “Technovation” dasturida 5 yildan ortiq vaqt oldin qatnashgan qizlarning fikricha, dastur ularning qiziqishlariga, karyerasiga, yetakchilik ko‘nikmalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan va ishga joylashishlariga imkoniyat yaratgan.

 

Technovation” bitiruvchilari turli tanlovlar va xalqaro ta’lim grantlarini yutib olishmoqda, yetakchi mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishmoqda, IT, ilm-fan va injiniring sohalarida karyera qilishmoqda, o‘z startaplarini yaratishmoqda.

 

«Barcha qizlarni o‘zlarini texnologiyalar sohasida sinab ko‘rishga va bu soha ayollar uchun murakkab degan stereotipni yengib o‘tishga chaqiraman. Tajribam shuni ko‘rsatdiki, ushbu dasturda qatnashish nafaqat o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi, balki muvaffaqiyatli karyera va yashi ta’lim eshiklarini ham ochib beradi. Sizlar (va ota-onangiz) u xoh IT sohasi bo‘lsin, xoh boshqa professional soha, istalgan maqsadga erishish va har qanday loyihalarni amalga oshirishga qodir ekaningizni tushunib yetasiz. Bu sizlarga O‘zbekistonning va dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlariga kirish va moliyaviy jihatdan barqaror kelajakni qurish imkoniyatini taqdim etadi» – deydi Sabina, “Technovation 2023” ishtirokchisi.

 

Technovation Girls Uzbekistan” tanloviga ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 1-martgacha ochiq bo‘ladi. Tanlovga mamlakatning barcha hududlaridan 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar taklif etiladi. Offlayn-treninglar va seminarlar 6 ta shaharda o‘tkaziladi: Toshkent, Andijon, Namangan, Nukus, Urganch va Farg‘ona. Onlayn-seminarlarda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi jamoalar qatnashishi mumkin. Dasturda qatnashsh bepul. Ingliz tilini bilish muhim.

 

Technovation Uzbekistan-2025” dasturi 2025-yil may oyida loyihalar ko‘rgazmasi va barcha jamoalar va mentorlarni mukofotlash bilan yakunlanadi. Toshkentda mavsumning bayram final tadbiri o‘tkaziladi. So‘ngra O‘zbekiston jamoalari xalqaro finalga chiqqan taqdirda, o‘z loyihasini Kaliforniyada butun dunyodan qatnashgan 15 ta eng yaxshi jamoa qatorida taqdim etadi.

 

Ishtirokchi qizlar va mentorlar tanlovning xalqaro saytida ro‘yxatdan o‘tishlari shart: https://my.technovationchallenge.org/


“Technovation Uzbekistan” seminarlari va tadbirlari haqida xabardor bo‘lish uchun dasturning telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

 

————

Malumot:

  • 2016-2024 yillarda “Technovation Uzbekistan” dasturida 358 ta jamoa finalgacha yetib bordi, unda O‘zbekistonning 9 ta hududidan 700+ mentor va 500+ ishtirokchi qiz qatnashdi

  • 2023 va 2018yillarda O‘zbekiston jamoalari o‘z loyihalarini Kremniy vodiysida (AQSh) taqdim etdi (2023-yilda “Tecnas seniorjamoasi va 2018-yilda Generation Zjuniorjamoasi)

  • 2021-yilda Ozbekistonning ITLadies” jamoasi Osiyoda mintaqaviy g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 


OAV uchun “Technovation Girls Uzbekistan” vakillarining kontaktlari:
Saida Yusupova, Tech4Impact” NNT direktori: +99890 3197721

 

Yelena Seleznyova, Technovation Girls Uzbekistan” koordinatori: +99890 9897257
www.technovation.uz

 

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK