Namanganda o‘tkazilgan DIGITAL4BUSINESS treninglari muvaffaqiyatli yakunlandi!
12-16 noyabr kunlari Namanganda tadbirkorlar uchun raqamli ko‘nikmalar va IT-vositalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan treninglar o‘tkazildi. Dastur ishtirokchilari ularga raqamli iqtisodiyotning hozirgi holatiga samarali moslashishida yordam beradigan noyob bilimlarga ega bo‘ldilar.
Treninglar mavzulari quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
– Raqamli tadbirkorlik
– Biznesni raqamli platforma orqali boshqarish
– Strategik qarorlar uchun ma’lumotlarni tahlil qilish
– Raqamli marketing, SMM va SEO-optimizatsiya
– Elektron tijorat va onlayn-savdolar
– Kiberxavfsizlik asoslari
Tech4Impact trenerlari jamoasi — Alisher Yusupov, Yuliya Durova, Akmal Salixov, Diyora Usmonova, Nargiza Numonjonova, Saloxiddin Turg‘unov, Jo‘rabek Xolboуev, Sirojiddin Numonov va Ulug‘bek Boqijonov — o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazdilar va haqiqiy biznes-keyslarni tahlil qildilar.
Biz faol ishtiroki va o‘qib-o‘rganishga bo‘lgan intilishi uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!
——
Farg‘ona vodiysi va Qoraqalpog‘istonda raqamli tadbirkorlik salohiyatini oshirish bo‘yicha treninglar O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorlikdagi “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Tech4Impact” NNT tomonidan o‘tkazilmoqda
Другие мероприятия
Новости по теме