UniSat 2.0 ishtirokchilari 13-may kuni kubsatni uchirishdan oldin Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan quvvati 100 MVt bo‘lgan Nur Navoi Solar quyosh fotoelektr stansiyasida bo‘lishdi.

17 May 2023

UniSat 2.0 ishtirokchilari 13-may kuni kubsatni uchirishdan oldin Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan quvvati 100 MVt bo‘lgan Nur Navoi Solar quyosh fotoelektr stansiyasida bo‘lishdi. Bu O‘zbekistonda quyosh energetikasi sohasida amalga oshirilgan birinchi loyiha hisoblanadi.

Nur Navoi Solar mutaxassislari obyektda foydalanilayotgan Solar PV texnologiyalarini taqdim etishdi, ma’lumotlar monitoringi jarayoni haqida so‘zlab berishdi. Shuningdek, qizlarni ma’lumotlarning kiberxavfsizligi, elektr energiyasini ishlab chiqarish samaradorligi, panellarga o‘tiradigan changni monitoring qiladigan datchiklar haqidagi savollar ham qiziqtirdi. Mutaxassislar quyosh elektr stansiyasi qanday ishlashini ko‘rsatib berishdi.

Texnologik sektorlarda o‘qishni va ishlashni rejalashtirayotgan UniSat ishtirokchilari Masdar kompaniyasining O‘zbekistondagi obyektlarida stajirovkadan o‘tish masalasiga ham qiziqish bildirishdi.

Другие мероприятия

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK