Nukusda “DIGITAL4BUSINESS” treninglarining yakuniy seriyasi boshlandi!
26-30 noyabr kunlari Nukusda tadbirkorlar uchun «DIGITAL4BUSINESS” IT va raqamli treninglar dasturining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda. Ushbu treninglar seriyasi tadbirkorlarning, shu jumladan ayollar va yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish bo‘yicha О‘zbekistonning to‘rtta hududini qamrayu olgan keng ko‘lamli loyihasini yakunlaydi.
Treninglar ishtirokchilari quyidagilarni o‘rganadi:
– Raqamli tadbirkorlik va biznesni boshqarish vositalari;
– Strategik qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumotlar tahlili;
– Raqamli marketing, SMM va SEO-optimizatsiya;
– Elektron tijorat va onlayn-sotuvlar;
– Biznes uchun kiberxavfsizlik asoslari va boshqa mavzular.
Biz Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar treninglarda faol qatnashayotganini ko‘rishdan mamnunmiz, yakuniy bosqich О‘zbekistondaraqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan ushbu dasturning yorqin yakuni bo‘lishiga ishonchimiz komil.
——
Farg‘hona vodiysi va Qoraqalpog‘istonda raqamli tadbirkorlik salohiyatini oshirish bo‘yicha treninglar О‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorlikdagi “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Tech4Impact” NNT tomonidan amalga oshirilmoqda.
Другие мероприятия
Новости по теме