Curiosity Maker Space

Loyiha haqida

Curiosity MakerSpace — yaratuvchilik, ijod, nostandart yechimlarni izlash va kreativ g‘oyalarni amalga oshirishga ilhomlangan ijodkor odamlar uchun ochiq bo‘lgan ijodiy makon. 2018-2019 yillarda biz loyiha doirasida yoshlar bilan ko‘plab tadbirlar o‘tkazdik. Curiosity MakerSpace 2020-yili Toshkentda O‘zbekistondagi AQSH Elchixonasi ko‘magida ochiladi.

 

Jonboz-meykerlar hamjamiyati – bu turli yoshdagi odamlar, texnika sohasining mutaxassislari, hunarmandlar va “garaj” ixtirochilari  o‘z g‘oyalarini amalga oshirish va ixtiro qilingan mahsulotlarning prototiplarini yaratish uchun birgalikda kreativ ish makonida to‘planadi. Meykerlar orasida qiziqarli g‘oyalarni yaratuvchilar va eksperiment o‘tkazuvchilar: dasturchilar va muhandislar, talabalar va maktab o‘quvchilari, ustalar, olimlar, ijodkorlar bor.

 

MakerSpace makoni — bu ixtiro qilingan mahsulotlarning prototiplarini yaratish uchun zarur bo‘lgan 3D-printerlar, dastgohlar, ish uskunalari va asboblari bilan jihozlangan ustaxona, texnologiyalar sohasidagi mualliflar, novatorlar va jonbozlar uchun o‘z g‘oyalari va loyihalarini ish muhitida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan maydoncha. Bu 3D-printer va robot texnikasidan tortib, to dasturlash va veb-ishlanmalargacha bo‘lgan uskunalar va texnologiyalarga ega laboratoriya hamda individual tadqiqotlarni davom ettirishga yordam beruvchi o‘quvchilar, talabalar va kattalar uchun qiziqarli tadbirlar, ilmiy va badiiy mashg‘ulotlarga boy makon.

 

Makers Space loyihasining bosh g‘oyasi — ilmiy-texnikaviy ijodkorlik, kreativlik, “qo‘llar bilan ishlash” qobiliyatini rivojlantirish, “o‘zing yasa” tafakkurini ommalashtirish, hunarlar, injeneriya, ilmiy loyihalarga qiziqishni oshirishdan iborat.

 

Loyiha sayti: www.makerspace.uz

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK