Программа Digital4Business по наращиванию потенциала цифрового предпринимательства

Loyiha haqida

Andijon, Namangan, Nukus va Farg‘ona tadbirkorlarini raqamli biznes sohasida o‘z bilimlari va ko‘nikmalarini oshirishga taklif etamiz!

Tadbirkorlar uchun raqamli ko‘nikmalarni yashilash va biznesga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha treninglar Farg‘ona vodiysi va Qoraqalpog‘istonda o‘tkaziladi.

Treninglar har bir hududda 5 kundan, offlayn rejimda o‘tkaziladi. Treninglarda qatnashish bepul. Treninglarni tamomlagan barcha ishtirokchilarga О‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining sertifikatlari topshiriladi.ㅤ

Trening yosh tadbirkorlarga:

– yangi raqamli biznes-modellarni joriy etish;
– o‘z mijozlar bazasini kengaytirish uchun ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
– Internetda o‘z mahsulotlari va xizmatlarini ilgari surish va sotish imkonini beradi.


Yosh tadbirkorlar biznes-konsultantlarning malakali konsultatsion ko‘magini olishi mumkin. Konsultantlar aniqlangan ehtiyojga qarab, sizlarga biznesingizni raqamlashtirish masalalari bo‘yicha konsultatsiyalar beradi.

 

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

– yoshi 25 dan 40 yoshgacha;
– kamida 1 yil davomida ishlayotgan o‘z biznesiga ega bo‘lish(g‘oya bosqichida bo‘lmagan);
– IT va raqamlashtirish yordamida o‘z kompaniyasining pozitsiyalarini kuchaytirish istagi;
– shahringizda jadal offlayn-treningdan o‘tishga 5 kun (soat 10:00 dan 15:00 gacha) ajratish imkoniyati

Raqamli tadbirkorlik salohiyatini oshirish bo‘yicha treninglar О‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi va BMTTD ning hamkorlikdagi “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida Tech4Impact nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan o‘tkazilmoqda.


Ariza shakliga havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdz2UTYY3_o52tjlyA_gUbZ9lD8yGLIqOm_cYLRpZuEgIqJVw/viewform

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK