19 Sentyabr 2024
Qizlar va ayollar uchun O’zbekistonning yetakchi kompaniyalarida to‘lanadigan stajirovkalardan o‘tish bo‘yicha noyob imkoniyat!
Agar oliy o‘quv yurti (OO‘Yu)da o‘qisangiz yoki OO‘Yuni IT yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bo‘lsangiz, ammo hozircha rezyumeingizda ko‘rsatish uchun amaliy ko‘nikmalar yetishmayotgan bo‘lsa – ariza bering!
Stajirovkalarning ko‘pchiligi Toshkentdagi kompaniyalarda o‘tkaziladi. Arizalarni O‘zbekistonning istalgan hududida yashaydigan qizlar berishi mumkin (ishtirokchilarning barchasi stajirovkaga stipendiya oladi, bu Toshkentda 1 oy yashash va ishlash uchun barcha xarajatlarga yetadi).
Dastur mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishga hamda keyinchalik o‘zlari stajirovkadan o‘tayotgan kompaniyalarda ishga joylashishga da’vogarlik qilishga intilayotgan qizlar va ayollar – OO‘Yuning talabalari va bitiruvchilari hamda o‘z faoliyatini endi boshlagan yosh mutaxassislar (28 yoshgacha, shu yoshni ham o‘z ichiga olgan holda) uchun mo‘ljallangan.
So‘rovnoma to‘ldirilganidan keyin eng istiqbolli ishtirokchilar onlayn-intervyuga taklif qilinadi.
Biz yirik IT-kompaniyalarda 1 oylik to‘lanadigan stajirovkadan o‘tish uchun 30 ta ishtirokchini saralab olamiz. Siz ish uchun muhim bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, kompaniya faoliyatiga o‘z hissangizni qo‘shasiz, stajirovka davrida o‘zingizning qiziqarli ish loyihangizni amalga oshirasiz hamda rezyumengizni yangilaysiz.
Stajirovkalar dasturi 2024-yil oktyabridan noyabriga qadar gibrid rejimda (dastavval onlayn uchrashuvlar va seminarlar, so‘ngra – 1 oy to‘lanadigan offlayn stajirovkalar) o‘tkaziladi. Noyabr oyida Toshkentda dasturning final tadbiri bo‘lib o‘tadi, unda har bir ishtirokchi o‘z stajirovkasining natijalarini taqdim etadi va BMTTD ning sertifikatiga ega bo‘ladi.
Arizalar 2024-yil 10-oktyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Ariza shakliga havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScCxt9CuPsQlAFLGxo0kB6QcNrmH0kFrlHwiAnlND2q_odpYw/viewform
—————
Qizlar va ayollar uchun stajirovkalar dasturi Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMTTDning hamkorlikdagi ““Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida Tech4Impact NNT tomonidan amalga oshirilmoqda.
Новости по теме