18 Fevral 2025

О‘zbekistonda “Technovation Girls 2025” xalqaro texnologik tanloviga ishtirokchi qizlar va mentorlarni ro‘yxatga olish ochildi!

Dunyoni texnologiyalar yordamida o‘zgartirishni orzu qilayotgan 8-18 yoshli qizlar, dasturga qo‘shilinglar! 

 

Unda nimalarni o‘rganasizlar?

✅ Mobil ilovalarni yaratish;
✅ Biznes-rejalarni ishlab chiqish va startaplarni ishga tushirish;
✅ Sun’iy intellekt olamini o‘rganish;
✅ Jamoada ishlash va yorqin loyihalarni yaratish;
✅ Videolarni tasvirga olish va taqdimotlarni tayyorlash;
✅ Omma oldida chiqish qilish va BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish;
✅ О‘zbekiston va jahondagi IT-kompaniyalarda ishlaydigan qizlar bilan tanishish.

 

💻 Tanlovda O’zbekistonning barcha hududlaridan qizlar va mentorlar ishtirok etishlari mumkin.

 

🤩 Tajribali mentorlar rahbarligida ijtimoiy muammolarni hal qiladigan mobil yoki veb-ilovani yaratasiz.

🇺🇸 Eng yaxshi loyihalar Kremniy vodiysida (AQSh) o‘tkaziladigan xalqaro finalga o‘tadi. 2018 va 2023 yil mavsumlarida О‘zbekiston jamoalari dunyoning eng yaxshi jamoalari TOP-3 taligidan o‘rin olib, o‘z loyihasini Kaliforniyada taqdim etgandi!

 

🔝 Dasturda qatnashish bepul. Ingliz tilini bilish majburiy.
Hozirning o‘zidayoq ro‘yxatdan o‘tishni boshlang: https://my.technovationchallenge.org/

 

👉 Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng kanalga obuna bo‘ling: https://t.me/technovation_uz va dastur koordinatorlari bilan bog‘laning.

 

———

 

2025-yilgi mavsumda “Technovation Girls Uzbekistan” dasturi Tech4Impact NNT tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va “Yandex Uzbekistan” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK