15 Noyabr 2023
Biz iqtidorli “Tecnas” jamoasi bilan eksklyuziv intervyuni taqdim etishdan mamnunmiz!
“Tecnas” jamoasi nufuzli global finalchi nomiga sazovor bo‘lib, “Technovation Girls Global Summit 2023” da “Social Impact Award” (katta divizion) mukofotini qo‘lga kiritdi.
Intervyuning birinchi qismida qizlar va murabbiy o‘zlarining Kremniy vodiysidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, Jahon sammitining sevimli jihatlarini muhokama qiladi, o‘z loyihalarining xalqaro auditoriyaga taqdim etilishi haqida nimalarni o‘ylashayotgani haqida gapirib berishadi. Shuningdek o‘zlarining g‘alaba keltirgan loyihalarining g‘oyasi bilan o‘rtoqlashadilar. Ushbu ajoyib intervyuni do‘stlaringiz bilan bahamlashing va Tecnas jamoasi haqidagi yangiliklarni kuzatib boring!
Новости по теме