11 Oktyabr 2023

11-oktyabr sanasida Xalqaro qiz bolalar kunini (International Day of the Girl Child) nishonlaymiz.

11-oktyabr sanasida Xalqaro qiz bolalar kunini (International Day of the Girl Child) nishonlaymiz. Ushbu bayramning maqsadi qizlar hozirga qadar gender tengsizligi muammolariga duch kelayotganini tan olish va qiz bolalarning huquqlarini ilgari surishdan iborat.

«Technovation Girls Uzbekistan» va «UniSat» dasturlari O‘zbekiston qizlarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida ularni qo‘llab-quvvatlaydi!

O‘tgan yillar davomida bizda IT / STEM sohasida noyob, maqsadga intiluvchan va faol qizlar hamjamiyati shakllandi (bir nechta foto – fotogalereyamizda).

Qiz bolalarning huquqlarini ilgari surishda yordam berishingiz mumkin bo‘lgan bir nechta usulni chop etamiz:

– Ta’lim: qiz bolalarga sifatli ta’limdan foydalanish, shu jumladan o‘qishdan tashqari qo‘shimcha dasturlar, stipendiyalar va mentorlik dasturlarida qatnashish imkonini beradigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlang;

– Gender tengligi: ta’limdan tortib, to iqtisodiy imkoniyatlar va ishga joylashishgacha bo‘lgan hayotning barcha sohalarida gender tengligiga ko‘maklashadigan dasturlarni qo‘llab-quvvatlang;

– Mentorlik: hamjamiyatingizdagi qizlarga o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga va o‘z orzularini ro‘yobga chiqarishga yordam bergan holda, ularning mentoriga va rolli modeliga aylaning;

O‘zbekistondagi qizlar uchun mo‘ljallangan “Technovation”, «UniSat» dasturi va boshqa dasturlarni qo‘llab-quvvatlang!

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK