“Tech4Impact” NNT(biz “Technovation” tanlovini O‘zbekistonda o‘tkazamiz) jamoaga projekt-menejer izlamoqda!
Vakansiya ta’rifi:
– qizlar uchun STEM va IT dasturlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish;
– dasturlarning hamkorlari, ishtirokchilar, mentorlar, trenerlar va spikerlar bilan muloqot qilish;
– loyiha jamoasida ish rejalarini tuzish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
– treninglar va seminarlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish (offlayn va onlayn);
– tadbirlar va loyihalar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.
O‘zbekiston bo‘ylab qisqa muddatli xizmat safarlari bo‘lishi mumkin.
Ish onlayn va Toshkentda ofisda. Qisman bandlik imkoniyati mavjud.
Da’vogarlarga qo‘yiladigan talablar:
– Toshkentda istiqomat qilish;
– yoshi: 22 dan boshlanadi;
– Technovation dasturining ishtirokchilari va mentorlari ma’qul ko‘riladi.
– ingliz, o‘zbek va rus tillaarini bilish;
– yaxshi muloqot, taym-menejment, punktuallik ko‘nikmalari.
Bizda doim qiziqarli loyihalar va munosib ish haqi, shuningdek professional o‘sishingiz uchun ko‘plab imkoniyatlar bo‘ladi. Biz haqimizda batafsil www.tech4impact.uz saytida o‘qishingiz mumkin.
Rezyumelaringizni @elena_selezneva Telegram manzilida kutamiz(kechasi soat 21:00 dan ertalab 08:00 gacha yozmaslikni iltimos qilamiz).
Da’vogarlar onlayn-suhbatga taklif etiladi.