{"id":130,"date":"2019-03-26T06:34:58","date_gmt":"2019-03-26T06:34:58","guid":{"rendered":"http:\/\/tech4impact.uz\/?p=130"},"modified":"2020-01-06T10:13:05","modified_gmt":"2020-01-06T10:13:05","slug":"startupmix2019","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/tech4impact.uz\/uz\/events\/startupmix2019\/","title":{"rendered":"Inxa universitetidagi keng ko\u2018lamli Startup Mix konferensiyasi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Shu yilning 26-mart kuni Inxa universitetining bir nechta maydonida parallel bo\u2018lib o\u2018tgan Startup Mix konferensiyasi<\/strong> 25-30 mart kunlari Toshkent, Samarqand va Nukus shaharlarida o\u2018tkazilgan \u201cAyollar fan va texnologiyalar sohasida\u201d Markaziy Osiyo haftaligining muhim voqealaridan biriga aylandi.<\/p>\n<p>Toshkertda ilk bor yigirmaga yaqin yuqori darajadagi chet ellik IT- mutaxassislar to\u2018plandi. Xususan, konferensiyada qatnashish uchun Google, Apple, Linkedin va dunyoning boshqa yetakchi\u00a0 IT-kompaniyalaridan ekspertlar, shuningdek Markaziy Osiyoning to\u2018rtta mamlakati, Kremniy vodiysi va Buyuk Britaniya kompaniyalaridan investorlar, tadbirkorlar va olimlar tashrif buyurdi.<\/p>\n<p>Haftalikning tantanali ochilish marosimida bir nechta faxriy mehmon, hamkorlar va tashkilotlarning vakillari so\u2018zga chiqdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2081\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/2-6.jpg\" sizes=\"(max-width: 555px) 100vw, 555px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/2-6.jpg 768w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/2-6-300x200.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"555\" height=\"370\" \/><\/p>\n<p><strong>Rajabboyev Sharofiddin Raximberdiyevich,<\/strong> Innovatsion rivojlanishi vazirining birinchi o\u2018rinbosari, tadbirni ochar ekan, mehmonlarni qutladi va ayollarning ilmiy-texnologik sohalarda va kasblarda oshib borayotgan rolini qayd etdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2082\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/3-7.jpg\" sizes=\"(max-width: 559px) 100vw, 559px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/3-7.jpg 800w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/3-7-300x200.jpg 300w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/3-7-768x512.jpg 768w\" alt=\"\" width=\"559\" height=\"372\" \/><\/p>\n<p><strong>Xelena Freyzer, BMTning O\u2018zbekistondagi doimiy koordinatori<\/strong> quyidagilarni qayd etdi: bugungi kunda O\u2018zbekistonda tadbirkor ayollarga ko\u2018rsatilayotgan ko\u2018mak gender tengligi to\u2018siqlarini bartaraf etish bo\u2018yicha ijobiy o\u2018zgarishlar namoyish etilmoqda.\u00a0\u00a0 Zamonaviy texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish esa gender tengligi yo\u2018li bo\u2018yicha harakatlanishga yordam beradi, bu har qanday jamiyatning gullab-yashnashi uchun muhimdir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2083\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/4-5.jpg\" sizes=\"(max-width: 555px) 100vw, 555px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/4-5.jpg 768w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/4-5-300x200.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"555\" height=\"370\" \/><\/p>\n<p><strong>Jillian Skott, TechWomen at Institute of International Education<\/strong> dasturining direktori quyidagilarni ta\u2019kidladi: dunyoning 21 ta mamlakatidan, shu jumladan O\u2018zbekistondan ham ayollar qo\u2018shilgan TechWomen dasturi ayollarga texnologiyalar sohasida yetakchi bo\u2018lishga yordam beradi. TechWomen ishtirokchi ayollari, mentorlari, tashkilotchilari \u2013 ularning hammasi haqiqatdan ham o\u2018z hamjamiyati va mamlakatida ijobiy o\u2018zgarishlarni amalga oshirishga qodir insonlardir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2084\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/5-6.jpg\" sizes=\"(max-width: 556px) 100vw, 556px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/5-6.jpg 768w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/5-6-300x200.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"556\" height=\"370\" \/><\/p>\n<p><strong>Alisher Sadullayev, O\u2018zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy<\/strong> kengashi raisining birinchi o\u2018rinbosari yoshlarning fan va texnologiyalarga bo\u2018lgan qiziqishini qo\u2018llab-quvvatladi va jamiyat muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun ushbu sohalarni o\u2018rganish muhimligini qayd etdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2085\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/6-6.jpg\" sizes=\"(max-width: 555px) 100vw, 555px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/6-6.jpg 768w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/6-6-300x200.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"555\" height=\"370\" \/><\/p>\n<p><strong>Muzaffar Jalolov, Toshkentdagi Inxa universiteti rektori v.b.,<\/strong> Inxa universitetining Startup Mix va Technovation kabi ijtimoiy muhim tashabbuslarga sodiqligini qayd etdi.<\/p>\n<p>_________<\/p>\n<p>Tantanali ochilish marosimidan keyin 3 ta panelli munozara o\u2018tkazildi:<\/p>\n<p><strong>Jon Braun, O\u2018zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy<\/strong> kengashi raisining birinchi o\u2018rinbosari Alisher Sadullayev, Laura Messerschmitt, Vice President of Global Customer Experience, GoDaddy va Nargiza Abdubaliyeva, Twitter Developer Community Leader (Qirg\u2018iziston) ishtirokidagi XXI asrda muvaffaqiyatli karera uchun zarur bo\u2018ladigan ko\u2018nikmalar va texnologiyalar haqida munozaralar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2086\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/7-6.jpg\" sizes=\"(max-width: 560px) 100vw, 560px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/7-6.jpg 768w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/7-6-300x200.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"560\" height=\"373\" \/><\/p>\n<p><strong>Alisher Sadullayev o\u2018z nutqida quyidagilarni qayd etdi:<\/strong> \u00abO\u2018zbekistonda katta demografik kredit mavjud. Bizga yoshlarni tanqidiy hamda kreativ ijodiy fikrlash kabi foydali ko\u2018nikmalarga o\u2018rgatish juda muhim. Shuningdek, salbiy tajribadan saboq chiqargan holda yangi kommunikatsiya metodlariga moslashish zarur\u00bb.<\/p>\n<p><strong>STEM<\/strong> sohasida mintaqaviy hamkorlik munozaralarida Veronika Oget, Sr Program Manager, NPI at Amazon, Lab 126, Diana Soy, Technovation Kazakhstan koordinatori, Veronika Yurchenko, PyCon i Django Girls in Bishkek hamtashkilotchisi, Parvina Raximova, Startupstan kompaniyasining xalqaro rivojlanish bo\u2018yicha menejeri, Catriona McGill, Technical Development Manager at clean technology venture, Desolenator, qatnashdilar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2087\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/8-4.jpg\" sizes=\"(max-width: 564px) 100vw, 564px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/8-4.jpg 768w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/8-4-300x200.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"564\" height=\"376\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><em>\u00abBugungi konferensiya tajriba almashish uchun ajoyib platforma hisoblanadi. Afsuski, uncha ko\u2018p bo\u2018lmagan tashkilotlar bunday voqealarni qo\u2018llab-quvvatlashga tayyor. Logistika, moliya va boshqa tarmoqlar tomonidan qo\u2018llab-quvvatlash mavjud bo\u2018lganida hamkorlik unumliroq rivojlanadi\u00bb,<\/em> \u2014 deydi Veronika Yurchenko.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo va Kaliforniya o\u2018rtasidagi mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlari haqida Amazon, Lab 126 kompaniyasining katta dasturiy menejeri Veronika Oget gapirib berdi:<\/p>\n<p>\u00abBiz bir nechta dasturni \u2014 TechWomen, TechGirl va Technovation dasturlarini ishga tushirdik, ularning doirasida samarali o\u2018zaro harakat qilyapmiz. Ushbu dasturlar tufayli qizlar va ayollar Kremniy vodiysiga tashrif buyurishlari, Virjiniya politexnika universitetiga o\u2018qishga kirishlari hamda O\u2018zbekistonlik yoshlar uchun mo\u2018ljallangan til o\u2018rganish bo\u2018yicha ikki yillik maxsus kurslarni o\u2018tashlari mumkin.<\/p>\n<p>Konferensiya Markaziy Osiyodagi yetakchi ayollarning fan, ta\u2019lim va texnologiyalarga qo\u2018shayotgan hissasi haqidagi bahs-munozaralar bilan davom etdi. Unda Ilg\u2018or texnologiyalar markazining direktori, biologiya fanlari doktori Shahlo Turdiqulova, BaiNec kompaniyasining CEO va asoschisi, o\u2018qituvchi Saltanat Alieva, Erin Keeley, Western Digital, Global Engineering Director, Angliyalik olim va tadbirkor <strong>Dr. Monika Tomecka qatnashdi<\/strong>.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2088\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/9-4.jpg\" sizes=\"(max-width: 566px) 100vw, 566px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/9-4.jpg 768w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/9-4-300x200.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"566\" height=\"377\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Spikerlar o\u2018z loyihalari va o\u2018z faoliyatlarini rivojlantirish rejalari haqida gapirib berishdi.<\/p>\n<p>Xususan, <strong>Shahlo Turdiqulova<\/strong> quyidagilarni ta\u2019kidladi: u rahbarlik qiladigan va maqsadi fan va biznesni birlashtirish bo\u2018lgan Markazda muvaffaqiyatli tijorat ilmiy mahsulotini ishlab chiqish o\u2018tkazilayotgan tadqiqotlarning yakuni bo\u2018lishi kerak. Ayni paytda markazda turli sohalarga (sog\u2018liqni saqlash, ta\u2019lim, muqobil energiya manbalari va boshqalar) oid 20 ga yaqin startap ishlamoqda.<\/p>\n<p><strong>Erin Keeley, Western Digital, Global Engineering Director<\/strong>, atrof-muhitni himoya qilish loyihalari va bolalarga ta\u2019lim berish dasturlari, shu jumladan yoshlarning ijtimoiy zaif qatlamlari uchun dasturlar haqtda gapirib berdi. Dr. Monika Tomecka olimlar uchun taqdim qilish ko\u2018nimalarining muhimligini ta\u2019kidladi, bu progressiv g\u2018oyalarni ommalashtirish, shu jumladan fan ayollar uchun ochiqligi va hayotga ijobiy o\u2018zgarishlar kiritishi mumkinligini ommalashtirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>____________________________<\/p>\n<p>Keyin tadbir qator parallel sessiyalar bilan 4 ta auditoriyada davom etdi.<\/p>\n<p>\u00abAstana\u00bb xaqlaro moliya markazining investitsion imkoniyatlari haqida \u201cAstana\u201d Xalqaro moliya markazining hamkorlik va mentorlik dasturlari rahbari Diana Soy va \u201cAstana\u201d xalqaro moliya markazining Fintech Hub rahbari o\u2018rinbosari Akbota Biyarova so\u2018zlab berdi.<\/p>\n<p>\u00abAstana\u00bb xalqaro moliya markazi Markaziy Osiyo, YeOIK, Yaqin Sharq hamda Xitoy, Mo\u2018g\u2018iliston va Yevropa uchun mintaqaviy moliyaviy xabga aylanish uchun mo\u2018ljallangan, bunda u birinchi navbatda Markaziy Osiyo mamlakatlarining moliyaviy ekotizimini rivojlantirishga mo\u2018ljal olgan. Moliya markazi maydonchasiga tashqi kapitalni jaob etishning asosiy vositalaridan biri \u2013 bu AXMM (AIX) birjasida qimmatli qog\u2018ozlarni joylashtirishdir. AXMM Osiyo mamlakatlaridan katta qo\u2018yilmalarni kutmoqda, chunki Shanxay fond birjami va Ipak yo\u2018li fondi AIXning strategik investori hisoblanadi.\u00a0 Jahon moliyaviy hamjamiyatidan hamkorlar \u2013 NASDAQ va Goldman Sachs kompaniyalari g\u2018arb bozorlarining likvidliligidan foydalanish imkoniyatini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p>\u00abStartaplar uchun intellektual huquq\u00bb sessiyasida startaplarni himoya qilish bo\u2018yicha ko\u2018plab foydali amaliy faktlar tilga olindi. Sessiyani AmCham Uzbekistan kompaniyasi taqdim etdi, unda Legalmax Law Firm kompaniyasining boshqaruvchi hamkori, advokat, patent bo\u2018yicha ishonchli vakil Muhammadali Mahmudov, Patricia Bovan Campbell, Vice President and Deputy General Counsel, Salesforce, intellektual mulk bo\u2018yicha ekspert, JIDU va DDYU o\u2018qituvchisi Ilhom Hamidov va Mirzo Ulug\u2018bek nomidagi Innovatsion markaz direktori Timur Azamatovlar qatnashdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2089\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/10-4.jpg\" sizes=\"(max-width: 567px) 100vw, 567px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/10-4.jpg 768w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/10-4-300x200.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"567\" height=\"378\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Parallel sessiyalardan birida Makerspace Almaty vakili Batirxan Suleymandan videomeyking bo\u2018yicha 3 soatlik mahorat darsi o\u2018tkazildi. Qideomeyking, reklamada, SMM va mediasohada katta talabga ega vektor hisoblanadi, chunki fotoreklama bozordan chiqib ketyapti. Sessiyada Batirxan videoga olish asoslari haqida gapirib berdi va kameraning barcha imkoniyatlaridan qanday qilib to\u2018g\u2018ri foydalanishni namoyish qildi.<\/p>\n<p><strong>Hozir Kremniy vodiysida nimalar dolzarb?<\/strong>\u00a0 Texnologiyalardagi trendlar haqida Laura Messerschmitt, Vice President of Global Customer Experience, GoDaddy &amp; Veronika Oget, Sr Program Manager, NPI at Amazon so\u2018zlab berishdi. Spikerlar Kremniy vodiysidagi top 10+ dolzarb tendentsiyalarni bayon etishdi, ularning orasida virtual voqelikni rivojlantirish, bulutli hisoblashlar, quyosh energiyasini rivojlantirish, izlash tizimlari evolyutsiyasi, shopping kelajagi, avtonom transport vositalari, dronlardan foydalanishni rivojlantirish, robot texnikasi, buyumlar interneti va \u201cAqlli uy\u201d tizimlarini rivojlantirish, mashinali ta\u2019lim va, albatta, blokcheyn kabi mavzular mavjud.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2091\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/12-1.jpg\" sizes=\"(max-width: 582px) 100vw, 582px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/12-1.jpg 680w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/12-1-300x225.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"582\" height=\"436\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston yoshlari uchun STEM karerasidagi<\/strong> yo\u2018nalishlar haqida talabalar uchun karera imkoniyatlari va karerani rejalashtirish haqidagi sessiyada so\u2018z bordi.\u00a0 Unda Google kompaniyasining strategik dizayneri Zoi Shladou va Northgate Environmemtal Management kompaniyasining yetakchi geologi Mayli Smit so\u2018zga chiqdi.\u00a0 STEM juda tez rivojlanmoqda va bu sohalarda ish topish yo\u2018llari juda ko\u2018p. Ammo o\u2018zgarishlarga tez moslashish uchun tanqidiy fikrlash zarur. Qaerda bo\u2018lishimdan qat\u2019i nazar, men nima qilishni istayman? Qanday muammolarni hal qilishni xohlayman? &#8211; degan savollarga javob berish muhim. Agar bunday rol mavjud bo\u2018lmasa, uni o\u2018ylab topish lozim bo\u2018lsa, unda uni o\u2018ylab toping. Quyidagilar rivojlantirilishi samarali bo\u2018ladigan yo\u2018nalishlar hisoblanadi: tiklanadigan energetika (quyosh va shamol), injeneriya, IT-texnologiyalar, ma\u2019lumotlar tahlili, statistika, matematika, kiberxavfsizlik, arxitektura va dizayn, sanoat, biotexnologiyalar, ekologiya va texnologik etika.<\/p>\n<p>Kremniy vodiysidan tashrif buyurgan mehmon <strong>Rekha Pai\u2010Kamath, Silicon Valley Social Ventures, Partner, Fast Forward, Board Member<\/strong>, \u201cKremniy vodiysi investorlari startaplarda nimani izlaydi\u201d mavzusidagi taqdimot bilan chiqdi. Rekxa investor sifatida ham tijorat, ham notijorat loyihalarini ko\u2018rib chiqadi. Ammo ayniqsa uni ijtimoiy ahamiyatining ulushi yuqori bo\u2018lgan, ekologiya, tibbiyot va boshqa sohalardagi loyihalar jalb etadi.<\/p>\n<p>\u00abO\u2018zimni investor sifatidagi faoliyatini qanday ko\u2018raman, startaplarni investor nuqtai nazaridan qanday baholayman? Tashqi moliyalashtirish startapning ehtiyojlari va rejalariga bog\u2018liq bo\u2018ladi, ammo biznesni boshlagan paytda tashqi investitsiyalar kerak emas, boshlang\u2018ich bosqichda ko\u2018p pul qo\u2018yish shart emas. Sarmoya ilmiy yoki dasturiy mahsulotni ishlab chiqishda zarur bo\u2018ladi. Odatda, bunday mahsulotlar\u00a0 hali bozorga chiqmasdan turib, ko\u2018p vaqt, moddiy, va intellektual xarajatlarni talab qiladi. Sotuvlar boshlanganida, ular barcha xarajatlarni qoplamaydi, siz sarflashda davom etasiz va o\u2018sha o\u2018lim zonasiga kirasiz, ana shunda sizga moliyalashtirish zarur bo\u2018ladi\u00bb.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2092\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/13.jpg\" sizes=\"(max-width: 590px) 100vw, 590px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/13.jpg 768w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/13-300x200.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"590\" height=\"393\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>American Chamber of Commerce in Uzbekistan<\/strong> tomonidan o\u2018tkazilgan korporativ mentorlik bo\u2018yicha davra suhbatida GM kompaniyasining O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi direktori va GM Powertrain Uzbekistan kompaniyasining bosh direktori Jennifer Bigelou so\u2018zga chiqdi: \u00abNega murabbiylik bu darajada muhim? Biz xodimlarimizning salohiyatini oshirishni, bo\u2018lg\u2018usi yetakchilarni rivojlantirishga investitsiya qilishni istaymiz. Biz GMda shunday kurslarni ishlab chiqdikki, unda bosqichdan bosqichga o\u2018tish jarayoni juda qulay va mavzuga chuqurlashish asta-sekin yuz beradi. Tinglovchi va murabbiyni tanlash jarayoni ham muhim: dasturning har bir ishtirokchisi olingan tajribaning qiymatini tushunishi kerak\u00bb.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2093\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/14.jpg\" sizes=\"(max-width: 587px) 100vw, 587px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/14.jpg 768w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/14-300x200.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"587\" height=\"391\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Komila Xasanova, BAT Uzbekistan vakili, Global Graduate Program<\/strong> loyihasi haqida gapirib berdi. Ushbu loyiha turli sohada faoliyat ko\u2018rsatuvchi yosh mutaxassislar uchun yaqinda olgan bilimlarini amalda qo\u2018llash kabi ajoyib imkoniyatni taqdim etadi. Kompaniyaning yuqori malakali menejerlari dastur ishtirokchilarini har bir bosqichda qo\u2018llab-quvvatlab turadi.<\/p>\n<p><strong>Shachi Patel, Founder and Executive Coach, SETU Coaching<\/strong>,\u00a0 bir paytlar o\u2018zi murabbiylik loyihasining ishtirokchisi bo\u2018lgan. U o\u2018z taqdimotini murabbiylik dasturining uchta asosiy \u201cW\u201dga qurgan &#8211; What, Why va Where&amp; How. Shachi Patel o\u2018z tinglovchilari orasidan muvaffaqiyatga erishgan bir nechta voqealarni misol qilib keltirdi, ularning orasida vatandoshimiz Shodiyabegim Bakhtiyorzoda ham bor.<\/p>\n<p>TechWomen dasturida qatnashishdan keyin tug\u2018ilgan volontyorlik loyihalari haqida Qirg\u2018izistonda LeanIn mentorlik onlayn-dasturining asoschisi <strong>Nazira Sherali<\/strong> gapirib berdi. Uning qayd etishicha, loyihada qatnashishdan oldin vazifalarni uddalay olmaslikdan qo\u2018rqqan, biroq mentorlar uni o\u2018ziga ishonishga yordam beradi va maqsadlar sari ruhlantiradi. Har yili bitta loyihani ishga tushirish Naziraning ana shunday maqsadlaridan biriga aylandi. Bugun u Qirg\u2018iziston aholisi uchun boshqa mamlakatlardan murabbiylarni izlash bo\u2018yicha onlayn platforma yaratuvchisi hisoblanadi. Loyiha faoliyatining birinchi bosqichida Nazira murabbiylardan 42 ta ariza va bo\u2018lg\u2018usi tinglovchilardan 100 dan ortiq ariza oldi.<\/p>\n<p>\u00abHozir nimalarga erishgan bo\u2018lsangiz, shularni olishga sizga kim yordam bergani haqida bir o\u2018ylab ko\u2018ring? Men bilgan kishilarning deyarli hammasi yaqinlari, hamkasblari yoki mentor ko\u2018magini olgan. Ba\u2019zida odamlar o\u2018zlari hech nimaga erisholmaydi yoki qilolmaydi deb o\u2018ylashadi. Ana shu paytda yoningizda o\u2018zingizga bo\u2018lgan ishonchni mustahkamlashda yordam beradigan kishi bo\u2018lishi juda muhim. Murabbiylik juda oddiy va muhim narsa. Murabbiylikda nafaqat tushunish, tinglash va maslahat berish muhim. Men ayollarga homiylik qilishga qaror qildim: bu malaka oshirish, yangi tajribaga ega bo\u2018lish bo\u2018lishi mumkin. TechWomen bilan ko\u2018p yillardan beri ishlayman va har safar men tinglovchilarimga qancha bersam, ulardan ham kam olmayotganimga ishonch hosil qilyapman\u00bb, \u2014 deydi Beth Steinberg, Zenefits, Chief People Officer:<\/p>\n<p><strong>Nigora Abduaxadova<\/strong>, T-MBA kurslarining rahbari, Tojikiston: \u00abAfsuski, ayollarni qamrab olish qiyin bo\u2018lgan uzoq hududlar mavjud. Aynan shu ayollarni jalb etish maqsadida loyihamizni yaratdik. Biz kurslarimizda o\u2018z-o\u2018zini rivojlantirish, mustaqil ta\u2019lim olish muhimligi haqida gapiramiz. Yaqinda biz OIV bilan yashayotgan ayollarning o\u2018ziga bo\u2018lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan loyihani o\u2018tkazdik. Avvaliga uni amalga oshirishning deyarli iloji yo\u2018q deb o\u2018ylagandik, ammo aynan murabbiylik qadriyatlari tufayli u ro\u2018yobga chiqdi\u00bb.<\/p>\n<p>\u201cQanday qilib zo\u2018r rezyume tuzish va texnologik kompaniyalarda suhbatdan muvaffaqiyatli o\u2018tish\u201d mavzusidagi sessiyada Apple vakili Hosai Omarkhil quiydagilarni gapirib berdi: \u00a0\u00abIsh beruvchining \u201cHozir qancha maosh olasiz?\u201d degan savoliga javob berishingiz shart emas. Unga bu muhim emasligini aytish va ish beruvchi har oyda qancha to\u2018lashga roziligini so\u2018rashning o\u2018zi kifoya. Agar siz qanday maosh normal ekanini bilmasangiz, o\u2018rtacha bozor narxlarini, sizni qiziqtirayotgan pozitsiya qanchaga baholanishini oldindan o\u2018rganib chiqing\u00bb.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2094\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/15-1.jpg\" sizes=\"(max-width: 611px) 100vw, 611px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/15-1.jpg 768w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/15-1-300x200.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"611\" height=\"407\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Salesforce xodimasi Sarasija Parthasarthy<\/strong> ham o\u2018z tavsiyalarini berdi: \u00abRezyumeda oldingi ish joylaringizni ko\u2018rsatar ekansiz, qanday kundalik ishlarni bajarganingizni sanab o\u2018tirmang. Kompaniyaga konkret qanday foyda olib kirganingizni, qanday maqsadlarga erishganingizni ko\u2018rsating. Masalan, agar siz savdolar bo\u2018limida ishlagan bo\u2018lsangiz, unda qancha vaqt ichida savdolar darajasini 20% ga oshirganingizni ko\u2018rsating. Hammasiga aniqlik kiriting. Bo\u2018lg\u2018usi ish beruvchingiz uchun haqiqatdan ham muhim bo\u2018lgan narsa ana shu hisoblanadi\u00bb.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kremniy vodiysidan tashrif buyurgan spikerlar Erin Wilkinson, Western Digital, Global Engineering Director va Elaina Tia, UX Designer, LinkedIn kompaniyasining foydalanuvchilik interfeysining yaratuvchisi o\u2018zining startapni taqdimot yordamida qanday ilgari surish va sotish, o\u2018z g\u2018oyangni sotish va o\u2018z auditoriyangning ishonchini qozonish borasidagi bebaho tajribasi bilan o\u2018rtoqlashdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2095\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/16.jpg\" sizes=\"(max-width: 601px) 100vw, 601px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/16.jpg 768w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/16-300x225.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"601\" height=\"451\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Har bir investorning o\u2018z qadriyatlari va vazifalari bor, investorni qiziqtirish uchun kompaniya tarixini investor ehtiyojlari ostiga moslashtirish zarur. Loyiha taqdimoti barbod bo\u2018lmasligi uchun aniq moliyaviy rejani to\u2018plang, u investorga pitchning kreativligidan ko\u2018ra ko\u2018proq zarur. Voqeaning emotsional yorqin bo\u2018lishi taqdimotingizning eng yaxshi ifodasi bo\u2018ladi. Taqdimot muammo ko\u2018lamini, auditoriyaning ehtimoliy qamrovini namoyish etishi kerak, chunki investor uchun ko\u2018lamlilik foydani anglatadi.<\/p>\n<p>G\u2018oya taqdimotida muammo mohiyatini chuqur tushunish muhim ahamiyat kasb etadi, g\u2018oyaning muhimligi esa investor uchun loyihaning haqqoniyligi va ishonchliligini tasdiqlovchi tekshirilgan manbalardan olingan shaffof ma\u2019lumotlarni birlashtirish bilan mustahkamlanishi kerak. \u2013\u201cStartapni taqdimot yordamida qanday ilgari\u00a0 surish va sotish mumkin\u201d sessiyasi.<\/p>\n<p>Pitchda ishingiz asosida yotgan sehrgarlikni tushuntirishingiz kerak. G\u2018oyangiz kichkina loyihadan ulkan resursgacha ko\u2018tarilgan, butun dunyo bo\u2018ylab ishlovchi Airbnb kabi zo\u2018r bo\u2018lishi shart emas. Albatta, investorlar muvaffaqiyatli xizmatlar ro\u2018yxatini izlaydi, ammo siz qiymati bir necha million dollarlik loyiha asoschisi bo\u2018la olmaysiz&#8230; Biroq ajoyib jamoa, yetarlicha asoslangan g\u2018oya, konkret rivojlanish strategiyasi va shaffof faktlar bilan mustahkamlangan aniq biznes-reja, doimiy yaxshilanishga bo\u2018lgan intilish \u2013 taqdimotingiz muvaffaqiyatining garovidir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>____________________________<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Konferensiya yakunida Buyuk Britaniya va O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Tojikiston startaperlari o\u2018z loyihalarining pitchlari bilan chiqdi.<\/p>\n<p><strong>Catriona McGill,<\/strong> hozirda faoliyati Buyuk Britaniya va Niderlandiyada kengayayotgan Desolenator kompaniyasining \u201csof texnologiyalar\u201d bo\u2018yicha startapini texnik rivojlantirish menejeri, muhandis. U o\u2018z kompaniyasining mahsuloti haqida gapirib berdi. Nukusda yashaydigan odamlar Katriona gapirgan muammoni juda yaxshi anglaydilar, chunki sho\u2018r suv muammosi aynan shu hududda dolzarb hisoblanadi.<\/p>\n<p><strong>Desolenator<\/strong> \u2014 bu uncha qimmat bo\u2018lmagan quyosh energiyasidan ishlaydigan suvni chuchuklashtirish\/tozalash mobil tizimi loyihasi. Qurilma quvvati fotoelementlar tomonidan ta\u2019minlanadi, ularning issiqligi va elektr energiyasi ifloslangan va dengiz suvidan tiklanadigan bepul energiya manbai hisobidan sutkasiga 15 litr ichimlik suvini olish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Dunyoda suvni chuchuklashtiradigan, dengiz va okean suvlarini ichish uchun yaroqliga aylantiradigan ko\u2018plab juda yaxshi ishlaydigan texnologiyalar mavjud bo\u2018lishiga qaramasdan ular haddan tashqari qimmat, ulardan foydalanish esa atrof-muhitning ifloslanishiga olib keladi. Katriona ishlaydigan kompaniya shaxsiy va sanoatda foydalanish uchun narxi hamyonbop bo\u2018lgan katta va kichik Desolenator modellarini taklif etadi, ular tabiatga ko\u2018rsatiladigan zararni minimallashtiradigan texnologiyalarda ishlaydi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2096\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/17.jpg\" sizes=\"(max-width: 647px) 100vw, 647px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/17.jpg 800w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/17-300x225.jpg 300w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/17-768x576.jpg 768w\" alt=\"\" width=\"647\" height=\"485\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Monika Tomecka<\/strong>, olim va tadbirkor, <strong>uFraction8 Ltd.kompaniyasining ijrochi direktori<\/strong>, u o\u2018zi taqdim etayotgan loyihaning imkoniyatlari haqida gapirib berdi. uFraction8 Ltd. kompaniyasi dalalardagi hosildorlikni oshirishga va ekin maydonlarining har bir kvadratining mahsuldorligini bir necha baravarga oshirishga qodir bo\u2018lgan maxsus texnologiyalarni ishlab chiqadi. Dalalarning mahsuldorligi va hosildorligini oshirish uchun maxsus tarzda qayta ishlangan mikroorganizmlar \u2013 mikro suv o\u2018tlaridan foydalaniladi, ular suv va tuproqdan zararli moddalarni so\u2018rib olish va ularning tabiiy resurslarga ta\u2019sirini tekislashga qodir bo\u2018lib, bu oxir-oqibatda maqsadga erishishga, ya\u2019ni kam xarajatlar bilan hosildorlikni oshirishga olib keladi.Kompaniya hozirning o\u2018zidayoq ushbu texnologiya prototipini yaratgan va loyihaning bir nechta bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Oldinda mikroorganizmlarni qayta ishlash bo\u2018yicha murakkab jarayon turibdi, kompaniya jamoasi hozir shuning ustida ishlamoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<div id=\"gallery-4\" class=\"gallery galleryid-23413 gallery-columns-1 gallery-size-full columns\">\n<dl class=\"gallery-item column\">\n<dt><\/dt>\n<dt class=\"gallery-icon landscape\"><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\" wp-image-2097 alignleft\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/18.jpg\" sizes=\"(max-width: 654px) 100vw, 654px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/18.jpg 800w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/18-300x225.jpg 300w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/18-768x576.jpg 768w\" alt=\"\" width=\"654\" height=\"490\" \/><\/dt>\n<\/dl>\n<\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Kosmonavtikaga bag\u2018ishlangan va sun\u2019iy yo\u2018ldoshdan olinadigan ma\u2019lumotlarni boshqarishga bag\u2018ishlangan startapni <strong>Zaynab Salim<\/strong> taqdim etdi. Kompaniya boshqariladigan ma\u2019lumotlarni sotish bilan shug\u2018ullanadi va ma\u2019lumotlar yordamida ko\u2018plab muammolarni hal qiladi. Ularning orasida muz qoplamini monitoring qilish, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, o\u2018rmonlarning noqonuniy kesilishining oldini olish muammolari ham bor. Biz buni qanday qilamiz? Sun\u2019iy yo\u2018ldoshdan olingan tasvirlar ma\u2019lumotlarni beradi, biz vaziyatni kuzatamiz va fojianing oldini olish choralarini ko\u2018ramiz. Faoliyatimizning boshqa tomonlari \u2013 yo\u2018ldagi tiqilinchlarni boshqarish, fermerlarni hosil yig\u2018ish payti kelgani haqida ogohlantirish va boshqa ko\u2018plab yo\u2018nalishlar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<div id=\"gallery-5\" class=\"gallery galleryid-23413 gallery-columns-1 gallery-size-full columns\"><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2098\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/19-1.jpg\" sizes=\"(max-width: 664px) 100vw, 664px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/19-1.jpg 800w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/19-1-300x225.jpg 300w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/19-1-768x576.jpg 768w\" alt=\"\" width=\"664\" height=\"498\" \/><\/div>\n<div><\/div>\n<p><strong>Akmal Salixov Vronica<\/strong> loyihasi haqida gapirib berdi. Ma\u2019lum bo\u2018lishicha, u virtual reallikka o\u2018yinlar ustida ishlash orqali kelgan. VR bosh harflari startap nomining boshiga chiqarilgan, bu loyihaning O\u2018zbekiston uchun innovatsion ekanini bildiradi. Loyiha slogani: \u00abTaassurot qoldiradigan texnologiyalar\u00bb. Loyiha jamoasi katta emas, u O\u2018zbekistonning BAT Uzbekistan, UCELL, Samsung, O\u2018zbekneftgaz kabi yirik kompaniyalari bilan hamkorlik qilgan holda turli sohalarda loyihalar yaratadi. VR texnologiyasi mijozni olamingizga \u201ctushirish\u201d kerak bo\u2018ladigan vaziyatlarda samarali. Startap o\u2018z faoliyatini boshlagan paytda ko\u2018plab xarajatlarga duch keldi: 3D-modellashtirish, level-dizayn, dasturlashtirish, testdan o\u2018tkazish. Ammo VR texnologiyalar kundan-kunga imkonli bo\u2018lib bormoqda. Akmal o\u2018z nutqida ushbu sohada o\u2018z loyihasini yaratishni istayotganlar uchun VRning keng imkoniyatlariga e\u2019tibor qaratdi.<\/p>\n<p><strong>Saltanat Aliyeva,<\/strong> qirg\u2018izistonlik ijtimoiy tadbirkor, muhandis, biznesmen, \u00abBaiNec\u00bb kompaniyasining asoschisi va bosh direktori bo\u2018lib, 3D-texnologiyalar bilan bog\u2018liq startapda faoliyat ko\u2018rsatadi. Ushbu startap ikki yo\u2018nalishda rivojlanmoqda. Birinchisi &#8211; 3D-printerlarni chiqarish va ularni arzon narxlarda 250-400 dollardan sotish. Rossiyada ushbu texnika qariyb 600 dollar, Xitoyda esa 400-900 dollar turadi. Korxona moliyaviy barqarorlikka erishganidan keyin Saltanat Alievaning jamoasi 3D-printerda nogironlikka ega odamlar uchun protezlar chiqarishni ijtimoiy loyihasini ishga tushirdi. Ushbu protezlar taktil sezgilarni beradi. Shu o\u2018rinda mahsulot o\u2018z tannarxi bo\u2018yicha sotilayotganini qayd etish joiz. Saltanat \u201camaliy matematika va informatika\u201d mutaxassisligi bo\u2018yicha magistr darajasiga hamda iqtisodiyot bo\u2018yicha magistr darajasiga ega. Hindistonda kompyuter grafikasi va dizaynni o\u2018rgangan. Shuningdek u imitatsion modellashtirish, 3D-grafika va dizayn bo\u2018yicha o\u2018quv qo\u2018llanmalar va qator ilmiy maqolalar muallifi.<\/p>\n<p>Konferensiyaning ijodiy qismi maktab o\u2018quvchilari va talabalar uchun Curiosity Maker Space dan amaliy vorkshoplar bilan taqdim etildi. Qizlar ona platalarni yaratishdi, oddiy robotlarni konstruktsiyalashdi va fizikaning asosiy qonunlarini o\u2018rganishdi. Bunga parallel tarzda Mozilla kompaniyasining Buyumlar Interneti bo\u2018yicha vorkshop-taqdimoti o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"alignnone wp-image-2099\" src=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/20-1.jpg\" sizes=\"(max-width: 665px) 100vw, 665px\" srcset=\"http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/20-1.jpg 768w, http:\/\/womenintech.uz\/wp-content\/uploads\/2019\/04\/20-1-300x200.jpg 300w\" alt=\"\" width=\"665\" height=\"443\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<div id=\"gtx-trans\" style=\"position: absolute; left: -23px; top: 12631px;\">\n<div class=\"gtx-trans-icon\"><\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shu yilning 26-mart kuni Inxa universitetining bir nechta maydonida parallel bo\u2018lib o\u2018tgan Startup Mix konferensiyasi 25-30 mart kunlari Toshkent, Samarqand va Nukus shaharlarida o\u2018tkazilgan \u201cAyollar fan va texnologiyalar sohasida\u201d Markaziy Osiyo haftaligining muhim voqealaridan biriga aylandi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[3],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/tech4impact.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130"}],"collection":[{"href":"https:\/\/tech4impact.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/tech4impact.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tech4impact.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tech4impact.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=130"}],"version-history":[{"count":9,"href":"https:\/\/tech4impact.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1161,"href":"https:\/\/tech4impact.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/130\/revisions\/1161"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tech4impact.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/tech4impact.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=130"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/tech4impact.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=130"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/tech4impact.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=130"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}