Proekt haqida

Tech4Impact Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan yangi “O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish” loyihasini boshlamoqda.Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston ayollari hududda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi o‘zlarining iqtisodiy turmushdagi ishtirokini kengaytirishi uchun ularning texnologik va tadbirkorlik salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha faolliklarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Loyiha gender tengligi bo‘yicha harakatlarni kuchaytiradi, ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlari kengayishiga hamda mahalliy manfaatdor tomonlarning Orol dengizi hududi uchun iqlim harakatlariga jalb etilishiga ko‘maklashadi, shuningdek maqsadli hududda ayollar va qizlar uchun COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga yordam beradi.

 

Loyihaning muhim yondashuvi — ayollarni, texnologik tadbirkorlarni uch bosqichda qo‘llab-quvvatlash:

1️⃣ Ayollar tomonidan boshqariladigan korxonalar uchun Qoraqalpog‘istonda sof texnologiyalar sohasida startap-ekotizimlarni yaratish.

2️⃣ Bo‘lg‘usi tadbirkor ayollarning xabardorligini oshirish uchun axborot materiallari va Internetda veb-resurslarni ishlab chiqish hamda PR-kampaniyani ishga tushirish.

3️⃣ Olti oylik tuzilmalangan startaplar akseleratsiyasi dasturi yordamida bilimlar berish va salohiyatni oshirish, hududda texnologik ustozlik madaniyatini rivojlantiruvchi murabbiylar (TOT) va startaplar mentorlarini o‘qitish hamda ayollar tomonidan boshqariladigan startaplar hamda investorlar va moliya muassasalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

Loyiha 2021-yil aprel oyidan ishga tushadi, tez orada batafsil axborotni chop etamiz. Yangiliklarni kuzatib boring!

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK