Nukusdagi Startup Mix konferensiyasi

#startupmix

30 Mart 2019

 

30-mart kuni Startup Mix anjumani ilk bor Toshkentdan tashqariga chiqdi. Qoraqalpog‘iston poytaxtining Yoshlar Ittifoqida mahalliy va xalqaro spikerlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi,  Curiosity MakerSpace’dan yoshlar uchun interfaol sessiyalar tashkil etildi, Mozilla’dan Buyumlar Interneti bo‘yicha interfaol vorkshop hamda Technovation Uzbekistan ishtirokchilari uchun sessiyalar o‘tkazildi

 

 

Shaxnoza Umarova, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM)ning O‘zbekistondagi filiali direktori, UzWater Aware – «O‘zbekistonda barqaror suv va ekologik rivojlanish uchun xabardorlik va sheriklikni oshirish» loyihasi haqida gapirib berdi. Loyiha ikki yildan ortiq vaqt mobaynida mamlakatning ko‘plab huddularida faoliyat ko‘rsatmoqda, u Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonda qishloq joylarda suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturining bir qismi hisoblanadi.

UzWater Aware loyihasi iqlim o‘zgarishi sharoitlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va atrof-muhitni himoya qilish muhimligi haqidagi xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

Yaqinda o‘tkazilgan UzWater Aware tadbirlaridan biri – Qo‘qondagi ekomarafon, unda ayollar, ya’ni suv resurslarining asosiy foydalanuvchilari faol ishtirok etdi. Aynan ular, suvdan maqsadli foydalanish haqida dolzarb axborotni olgan holda, uni hamjamiyatlarda tushunarli tilda tarqatishlari mumkin.

 

 

CAMP4ASB doirasida axborot-ma’rifat faoliyati amalga oshiriladi, turli tadbirlar, xususan fototanlov, MO mintaqasidagi yetakchi universitetlarning talabalari va yosh olimlari uchun treninglar, iqlim o‘zgarishi mavzusi bo‘yicha OAV uchun va uni ommabop tarzda taqdim etish bo‘yicha mahorat darslari  o‘tkaziladi.

Shaxboz 2019-yil uchun rejalar bilan o‘rtoqlashdi, ularning orasida: axborot mahsulotlari ko‘rinishidagi materiallarni umumlashtirish, loyiha mahsulotlari foydalanuvchilarining doirasini, ayniqsa ayollar va yoshlar orasida kengaytirish, texnologiyalar va ularni qo‘llash haqidagi bilimlarni kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish, foydalanuvchilar uchun ob-havo va iqlim kuzatuvlari tarmog‘ini hamda gidrometeorologiya xizmatlarini takomillashtirish, iqlim o‘zgarishi xavfini baholash va natijalarni joriy etish, iqlim o‘zgarishi va hamkorlik bo‘yicha axborot platformasini rivojlantirish, boshqa loyihalar bilan muvofiqlashtirish, sheriklik va moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatini rivojlantirish, shuningdek o‘zaro tajriba almashish, turlar, treninglar, malaka oshirish.

Muzaffar Jalolov, Toshkentdagi Inxa Universiteti rektori v.b., universitetda amalga oshirilayotgan ta’limni raqamlashtirish tizimi loyihasini taqdim etdi va O‘zRda elektron hukumat tizimini rivojlantirishda yoshlarning roli haqida gapirib berdi.

Ta’lim tizimiga yangi raqamli tizimlarni joriy etish shubhasiz ta’lim jarayonini yaxshilaydi. 2014-yildan buyon Inxa universiteti, axborot resurslari bazasini yaratish, boshqaruvni takomillashtirish va AKTni joriy etishni ko‘zda tutuvchi loyihani ro‘yobga chiqarish uchun eng yaxshi mutaxassislarni jamlagan holda, raqamli ta’lim strategiyasini ishlab chiqishni boshladi.

Universitetning E-class (Aqlli universitet) elektron ta’lim platformasi hamma uchun ochiq bo‘lgan onlayn-jadval, ma’ruza materiallari va ma’ruzalarga yo‘riqnomalar, davomat va talabalarning o‘qishga kelishini monitoring qilish kabi komponentlarni o‘z ichiga oladi.

 

 

Ijtimoiy sohadagi innovatsiyalar va inson kapitaliga investitsiyalar haqidagi bahs-munozaralarda chet ellik spikerlar qatnashdi, jumladan, GM kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori va GM Powertrain Uzbekistan bosh direktori Jennifer Bigelou, Beth Steinberg, Chief People Officer, Zenefits va Erin Keeley, Western Digital, Global Engineering Director (Kaliforniya), Qirg‘izistondan Waste to Wealth startapining asoschisi Aynura Sagin.

Munozara ishtirokchilari ijtimoiy innovatsiyalar va ijtimoiy korporativ mas’uliyatni joriy etish kompaniyaning muvaffaqiyatli faoliyatida qanday rol o‘ynashini muhokama qilishdi. Jennifer Bigelou quyidagilarni gapirib berdi: kompaniyaning bu boradagi nazari shundan iboratki, mahsulotlar va texnologiyalarni yaratishda baxtsiz hodisalar va atrof-muhitga zararli tashlanishlar yo‘qligiga intilish kerak. GM kompaniyasi bolalarni mashinada qoldirganda baxtsiz hodisalarning oldini olishdan tortib, to haydovchining yo‘l harakatida diqqatini jamlashni baholash tizimigacha (agar atrof-muhit omillarining ta’siri haydovchiga xalaqit bersa yoki uni chalg‘itsa, unga yo‘lga e’tibor qaratish zarurati haqida signal beriladi) bo‘lgan turli muammolarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan ilovalarni ishlab chiqmoqda.

Beth Steinberg xonim Zenefits kompaniyasining ijtimoiy mas’uliyat bo‘ycha kampaniyalarda faol qatnashadigan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Bu nafaqat jamiyatga amaliy yordam beradi, balki xodimlarning jalb etilganlik darajasini oshirish hamda kompaniya ichida va atrofidagi ijobiy muhitni shakllantirish borasida ish beruvchining o‘zi uchun ham muhim hisoblanadi.

Bugungi kunda ishlab chiqilgan texnologiyalarning ko‘pchiligi avval boshidanoq erkaklarning ham, ayollarning ham muammolarini hal etishga chaqirilgan; ammo yaratuvchilarning asosiy qismi erkaklar bo‘lgani uchun anchagina ularning foydasiga og‘ish mavjud. Mahsulotlarni ishlab chiqish ustida ishlaydigan jamoa qanchalik turli-tuman bo‘lsa, mahsulotlar erkaklarning ham, ayollarning ham ehtiyojlariga shunchalik javob beradi.

Technovation Challenge 2018 tanlovining xalqaro finaliga o‘tgan O‘zbekistonning Generation Z jamoasining ELIST loyihasi  Erin tomonidan keltirilgan ijtimoiy mas’uliyatga misol bo‘la oladi. Generation Z jamoasi Kaliforniyadagi finalda xalqaro hakamlar kollegiyasiga o‘z loyihasini taqdim etdi. Oilada o‘g‘il bolalar va qizlar orasida majburiyatlarning bir tekis taqsimlanishiga chaqiruvchi ushbu loyiha muhim ijtimoiy muammoni hal qiladi va mahalliy hamjamiyat ichiga ijobiy o‘zgarishlarni olib kirishi mumkin. Technovation Uzbekistan – bu qizlarni jamiyatning ijtimoiy muhim muammolarini hal etishga jalb etuvchi muhim ijtimoiy tashabbusdir.

Aynura Sagin, chet el bozoriga mo‘ljallangan tijorat loyihalarida ish tajribasiga ega bo‘lgani holda, o‘z mamlakati ichidagi muammolarni hal qilish uchun loyiha yaratishga va uni rivojlantirishga qaror qiladi. Agar davlat fuqarolarning hayotiga ijobiy o‘zgarishlarni olib kirishga ulgurmayotgan bo‘lsa, demak, jamiyat va biznes ayrim ijtimoiy vazifalarni hal qilishni o‘z zimmasiga olishi mumkin. Aynura chiqindilarni saralash va utilizatsiya qilish bo‘yicha Waste to Wealth loyihasini rivojlantirar ekan, mobil ilovani ishlab chiqish uchun talaba qizlarni ishtirok etishga taklif qildi. Bu yosh dasturlarchilar uchun nafaqat o‘zini namoyon etish, balki o‘z bilimlarini yanada boyitish imkoniyati hamdir, chunki mamlakatda IT sohasiga qizlarning faqat 6% gina jalb etilgan. Aynuraning ta’kidlashicha, Qirg‘izistonda oltin va neft zaxiralari yo‘q, ammo toza havo va toza suvni real saqlab qolish mumkin. Bunda ushbu masalalarni faqat davlat hal qilishini kutib o‘tirmasdan o‘zimiz nimadir qilishimiz, ijtimoiy muammolarni hal qilishga biznes va oddiy odamlarni jalb qilishimiz mumkin.

Munozara yakunida spikerlar ijtimoiy muhim muammolarni hal etish uchun o‘z startaplarini rivojlantirishni istaydiganlarga maslahatlar va tavsiyalar berishdi.

Dunyo ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan startaplarga ehtiyoj sezmoqda, ammo ijtimoiy innovatsiyalar sohasidagi loyihalarning muvaffaqiyati turli tomonlarning – jamiyat, biznes, xususiy sektor, hukumatning sa’y-harakatlarini birlashtirishga bog‘liq. Faqat birgalikdagi harakatlar bilan samarali ishlarni amalga oshirish va muammolarni hal etishda ko‘zga tashlanadigan yaxshilanishlarga erishish mumkin.

Agar qiyinchiliklar va muammolar yuzaga kelsa, taslim bo‘lish kerakmas. Qayishqoq ko‘nikmalarni – soft skills  rivojlantirish lozim, ya’ni stressli vaziyatda ishlay bilish, jamoada o‘zaro harakat qilishni o‘rganish kerak. Aniq fanlardagi bilimlar haqida unutmagan holda muloqot qila olish, g‘oya haqida gapirishni va uni taqdim etishni o‘rganish kerak. O‘xshash yo‘nalishlarda tajribaga ega bo‘lgan odamlar bilan muloqot bebaho tajribaga aylanishi mumkin, chunki ular siz bilan o‘zining muhim tajribasini o‘rtoqlashishi, maslahatlar berishi va loyihani amalga oshirishda ko‘maklashishi mumkin. Shuningdek, odamlar va loyihalarni boshqarish ko‘nikmalarini ham rivojlantirish zarur, holbuki tez orada ko‘plab jarayonlar va kasblar mashinalarga almashtiriladi, biroq bu mashinalarni boshqaradigan odamlar qoladi, ularni esa hatto eng mukammal robot bilan ham almashtirish mumkin emas.

Mahsulotlaringiz va xizmatlaringizdan foydalanadigan iste’molchilarning ehtiyojlari va istaklarini inobatga olish muhim, shunda siz odamlar va jamiyat uchun muvaffaqiyatli loyihani yarata olasiz.

Jamiyatdagi ijtimoiy muammolar haqida o‘ylamasdan vakuumda yashashdan to‘xtang. Axir ularning ko‘pchiligini o‘zimiz hal qilishimiz mumkin. Agar biz rivojlangan mamlakatda yashashni istasak, faol bo‘lishimiz, mamlakatimiz rivojiga qo‘shishimiz mumkin bo‘lgan hissa uchun mas’ul bo‘lishimiz kerak.

 

 

Monika Tomecka, olim va tadbirkor, uFraction8 Ltd.kompaniyasining ijrochi direktori, u o‘zi taqdim etayotgan loyihaning imkoniyatlari haqida gapirib berdi. uFraction8 Ltd. kompaniyasi dalalardagi hosildorlikni oshirishga va ekin maydonlarining har bir kvadratining mahsuldorligini bir necha baravarga oshirishga qodir bo‘lgan maxsus texnologiyalarni ishlab chiqadi. Dalalarning mahsuldorligi va hosildorligini oshirish uchun maxsus tarzda qayta ishlangan mikroorganizmlar – mikro suv o‘tlaridan foydalaniladi, ular suv va tuproqdan zararli moddalarni so‘rib olish va ularning tabiiy resurslarga ta’sirini tekislashga qodir bo‘lib, bu oxir-oqibatda maqsadga erishishga, ya’ni kam xarajatlar bilan hosildorlikni oshirishga olib keladi. Kompaniya hozirning o‘zidayoq ushbu texnologiya prototipini yaratgan va loyihaning bir nechta bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Oldinda mikroorganizmlarni qayta ishlash bo‘yicha murakkab jarayon turibdi, kompaniya jamoasi hozir shuning ustida ishlamoqda.

 

 

Catriona McGill, hozirda faoliyati Buyuk Britaniya va Niderlandiyada kengayayotgan Desolenator kompaniyasining “sof texnologiyalar” bo‘yicha startapini texnik rivojlantirish menejeri, muhandis. U o‘z kompaniyasining mahsuloti haqida gapirib berdi. Nukusda yashaydigan odamlar Katriona gapirgan muammoni juda yaxshi anglaydilar, chunki sho‘r suv muammosi aynan shu hududda dolzarb hisoblanadi.

Desolenator — bu uncha qimmat bo‘lmagan quyosh energiyasidan ishlaydigan suvni chuchuklashtirish/tozalash mobil tizimi loyihasi. Qurilma quvvati fotoelementlar tomonidan ta’minlanadi, ularning issiqligi va elektr energiyasi ifloslangan va dengiz suvidan tiklanadigan bepul energiya manbai hisobidan sutkasiga 15 litr ichimlik suvini olish imkonini beradi.

Dunyoda suvni chuchuklashtiradigan, dengiz va okean suvlarini ichish uchun yaroqliga aylantiradigan ko‘plab juda yaxshi ishlaydigan texnologiyalar mavjud bo‘lishiga qaramasdan ular haddan tashqari qimmat, ulardan foydalanish esa atrof-muhitning ifloslanishiga olib keladi. Katriona ishlaydigan kompaniya shaxsiy va sanoatda foydalanish uchun narxi hamyonbop bo‘lgan katta va kichik Desolenator modellarini taklif etadi, ular tabiatga ko‘rsatiladigan zararni minimallashtiradigan texnologiyalarda ishlaydi.

 

 

Letitia Maile Smith, bosh geolog, Northgate Environmental Management (Kaliforniya). U tuproq eroziyasining kamayishiga olib keluvchi va suv barqarorligining doimiyligini ta’minlashga qaratilgan yomg‘ir suvidan foydalanish, ifloslangan oqava suvlarni tozalash bo‘yicha shtat tashabbuslari haqida gapirib berdi. Yog‘inlarning kam bo‘lishi va shunga mos ravishda, irrigatsiya sektorida foydalanish uchun suvga bo‘lgan katta ehtiyoj ushbu shtat uchun dolzarb muammo hisoblanadi. Kaliforniyada AQSH iste’molchilari uchun katta miqdorda meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Shu bois irrigatsiya ehtiyojlariga ishlatiladigan 30 foiz hajmdagi (qurg‘oqchil yillarda esa ikki baravar ortiq) yerosti suv resurslarini boshqarish juda drolzarb hisoblanadi. Kaliforniya shtatining katta va kichik loyihalari  nafaqat davlat mablag‘lari tufayli amalga oshiriladi. Suv resurslarining foydalanuvchilari, xususan, qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlari, sanoat, shtat aholisi birlashib, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan loyihalarni amalga oshiradi.

 

 

Doktor Jamshid Avloniy (AQSH), olim, tadbirkor, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining konsultanti, suvda eriydigan interpolimer komplekslardan foydalangan holda tuproq ko‘chishining oldini olish yo‘li bilan Orol dengizining qurg‘oqchil hududida qum bo‘ronlarining oldini olishga qaratilgan loyihani taqdim etdi.

Bugungi kunda 60 ming kvadrat kilometrga yaqin sho‘r tuproq hosil bo‘lishiga olib kelgan Orol dengizi sathining pasayishi – mintaqa uchun jiddiy ekologik fojia. Global isish va qorli qoplamlarning ifloslanishi shuning natijasi hisoblanadi, ushbu mintaqada tez-tez bo‘ladigan qum bo‘ronlari esa aholi salomatligi bilan bog‘liq og‘ir muammolarning asosiy sababchisidir. Bundan tashqari, bundan mintaqaga yetadigan iqtisodiy zarar 4 mlrd AQSH dollariga baholanmoqda.

Qum bo‘ronlarining oldini olish uchun ehtimol daraxtlar ekish orqali tuproqni mustahkamlash mumkindir, ammo bu uzoq vaqtni talab qiladigan va xarajatli usul bo‘lib, buning ustiga u qum bo‘ronlarining sababchisi bo‘lgan tuproqning ustki qatlamini mustahkamlashga qodir emas. Orolbo‘yi hududidagi qum bo‘ronlarini bartaraf etish uchun muqobil variant sifatida tuproqni suvda eriydigan interpolimer komplekslar bilan fiksatsiyalash orqali uni mustahkamlash jarayonidan foydalanish bo‘lishi mumkin. Bu mintaqadagi havo sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi hamda hudud aholisining salomatligi yaxshilanishiga olib keladi.

 

 

The MeT (Methodology and Technology) loyihasining asosiy vazifasi har bir buyurtmachiga – fermer, dehqon, agroxolding yoki sururta xizmatlari bo‘yicha tashkilotlarga individual yondashishdan iborat. Ularning har biri uchun individual metodologiya va texnologiya tanlanadi, bu real voqelikni to‘g‘ri baholash va sifatliroq mahsulotni olish uchun dolzarb texnologiyalarni taqdim etish imkonini beradi.

The MeT loyihasi O‘zbekiston uchun dolzarb tarmoq hisoblangan agrobiznesga qaratilgan bo‘lib, u ishlangan gipotezalarni tasdiqlash va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun ma’lumotlar bazasini to‘plash maqsadida mamlakatimizning turli hududlarida dala tadqiqotlarini olib borishni rejalashtirmoqda.

The MeT mahsulotlari — bu  buyurtmachidagi yerlardagi mavjud bo‘lgan vaziyatni, suv resurslari va texnologiyalarni prognozlash va baholash, afzalliklar va kamchiliklarni tahlil qilish, tuproq hosildorligini, qishloq xo‘jalik ekinlarining sifatini va mos ravishda, biznesni yaxshilash uchun metodologiyalar va texnologiyalarni yaratish. Tabiiy resurslar bilan ishlaydigan biznesmenlar o‘zlarini katta xatarga qo‘yadilar va ko‘p hollarda to‘g‘ri tavsiyalarga ega bo‘lmaydilar, bu esa katta va kichik zararlar xavfini tug‘diradi va bankrotlikka olib keladi. The MeT miqdoriy va sifat tahlillaridan tashqari bo‘lg‘usi hosildorlik bo‘yicha prognozlarni tuzishi va tadqiq qilinayotgan hududda mahsulot yetishtirish uchun aniq tavsiyalarni berishi mumkin.

Sergey biolog, kimyogar talabalarni, agrar soha mutaxassislari, irrigatorlarni loyiha bilan hamkorlikka chaqiradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar yordamida O‘zbekiston hududlaridagi tuproq, qishloq xo‘jalik ekinlari va suv resurslarining sifati bo‘yicha mavjud ma’lumotlar bazasini kengaytirish imkoni bo‘ladi.

 

Taqdimot sessiyalari va bahs-munozaralar bilan parallel tarzda Curiosity MakerSpace Toshkentdan yoshlar uschun sessiya hamda Buyumlar interneti bo‘yicha Mozilla kompaniyasidan interfaol vorkshop bo‘lib o‘tdi, ularni chet ellik mehmonlar o‘tkazdi.

 

 

Nukusda birinchi Startupmix o‘tkazildi! Mehmondo‘stligi va konferensiya tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazishda bergan yordami uchun Yoshlar saroyiga minnatdorchilik bildiramiz! Uchrashguncha!

 

Другие мероприятия

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK