Ideathon Nukus

#Karakalpakstan

22 Iyun 2021

19-iyun kuni Nukusda ayollarning texnologik “yashil” tadbirkorlik mavzusiga qiziqqan barcha uchun Ideathon interfaol seminari o‘tkazildi.

Seminar ishtirokchilari (tadbirkor ayollar, o‘qituvchilar, talabalar, OAV vakillari) loyihaning kelgusi 2 yillik faoliyat rejalari hamda akseleratsiya dasturida startaplar qatnashishi uchun mezonlar haqida bilib olishdi.

Shuningdek hududdagi ijtimoiy va iqlim sharoitlarini hal qilish uchun “yashil” biznes sohasida g‘oyalar breynstormingi bo‘yicha interfaol mashg‘ulot o‘tkazdik. Tadbirda faol qatnashgani uchun hammaga minnatdorchilik bildiramiz, biz unda bo‘lg‘usi startaplar uchun ko‘plab istiqbolli g‘oyalarni tingladik!

 

Shuningdek uchrashuvni tashkillashtirishga yordam bergani uchun Qoraqalpog‘iston Savdo-sanoat Palatasiga ham minnatdorchilik bildiramiz.

 

«O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasidagi ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish» loyihasi Tech4Impact tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

 

 

Другие мероприятия

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK