5 yanvar kuni Eylin Brever bilan Ideation & Design Thinking bo‘yicha seminar o‘tkazdik

06 Yanvar 2022

5 yanvar kuni, Silikon vodiysidan (AQSh), Technovation va TechWomen qizlari uchun STEM dasturlari mentori Eylin Brever bilan Ideation & Design Thinking bo‘yicha seminar o‘tkazdik.

 

Seminar ishtirokchilari g‘oyalarni yaratish, foydalanuvchilar tomonidan muammoni shakllantirish, bir nechta muammo/g‘oya orasidan bittasini tanlash, g‘oyalarni jamoada muhokama qilish, o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashish va maqsadli foydalanuvchilardan mulohazalarni qabul qilishni o‘rgandilar.

 

Jamoalar O‘zbekiston uchun dolzarb bo‘lgan bitta ijtimoiy muammoni tanlab oldilar va tanlangan muammoni hal qila oladigan mobil ilovaning maketlarini o‘ylab ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

Eileen jamoalarga va O‘zbekistondagi barcha Technovation ishtirokchilariga omad, o‘z maqsadlariga erishishda jasorat, IT va texnologiyalarga qiziqishni yo‘qotmaslikni tiladi, chunki STEM bilimlari tanlagan har qanday kasbda kerak bo’ladi.

 

Uchrashuvni tashkil etishda yordam bergani uchun Ilg’or texnologiyalar markaziga minnatdorchilik bildiramiz!


 

Kelgusi seminarlarimiz yangiliklarini kuzatib boring va unutmangki, barcha ishtirokchilar va mentorlar xalqaro veb-saytida (https://my.technovationchallenge.org/) roʻyxatdan oʻtishlari va jamoa yaratishlari (jamoaga qoʻshilish) kerak.

 

Другие мероприятия

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK