09 Oktyabr 2023
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Tanzila Narbayeva “Technovation Girls 2023” tanlovining xalqaro finalida “Tecnas” jamoasining ishtiroki va g‘alabasi haqidagi yangilik bilan bahamlashdi va qizlarga o‘z tilaklarini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Tanzila Narbayeva “Technovation Girls 2023” tanlovining xalqaro finalida “Tecnas” jamoasining ishtiroki va g‘alabasi haqidagi yangilik bilan bahamlashdi va qizlarga o‘z tilaklarini bildirdi. Loyihamizga va ishtirokchi qizlarimizning muvaffaqiyatlariga e’tibori uchun unga minnatdorchilik bildiramiz!
Spikerning posti:
«O‘zbekistonda qizlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan yirik STEM – dasturlaridan biri – “Technovation girls Uzbekistan” dasturi ishtirokchilari katta xalqaro e’tirofga ega bo‘ldilar!
AQSHda o‘tkazilgan Pitch Day tanlovida O‘zbekiston “Tecnas” jamoasi “Social Impact Award” nominatsiyasida g‘alaba qozondilar. E’tiborlisi, bu nominatsiya – dolzarb ijtimoiy muammolarning muhim yechimlarini ilgari surgan eng yaxshi loyihalar uchun beriladigan mukofot hisoblanadi.
Yurtimizning chinakam kelajagi bo‘lmish qizlarimizni – “Technovation Girls» jamoasini bunday yuksak yutuq bilan chin qalbdan muborakbod etaman!
Barakalla, qizlar! Tengdoshlaringizga namuna bo‘lishdan, oldindagi yuqori marralarni egallashdan charchamang. Biz siz bilan faxrlanamiz.»
Новости по теме