18 Noyabr 2024
Stajirovkalar dasturining ishtirokchilari uchun seminarlar turkumi boshlandi!
Sana: 18-noyabr
Vaqti: 20:00
Spiker: Anna Ubaydullayeva
Mavzu: «Vaqtni boshqarish va moslashuvchan ko‘nikmalarni rivojlantirish: hozirgi dunyoda muvaffaqiyat kaliti»
Anna Ubaydullaeva — katta tajribaga ega ekspert:
– PhD, Toshkent Davlat yuridik universitetining hamda TOBB ETU University, Green University, Webster University, Westminster University kabi dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlarining professori.
– Roma Tre Rim universitetining taklif etilgan professori.
– O‘zbekiston huquqshunoslari malakasini boshqarish markazining korporativ treneri.
– O‘zbekiston Yosh olimlari a’zosi.
– Toshkentdagi Xalqaro arbitraj sudining hakami.
Sizlarni nimalar kutmoqda:
– Vaqtni boshqarish bo‘yicha maslahatlar.
– Moslashuvchan ko‘nikmalarni qanday rivojlantirishingiz va o‘z raqobatbardoshliligingizni qanday oshirishingiz mumkin.
– Muvaffaqiyatga erishish uchun amaliy tavsiyalar.
Новости по теме