Startup Mix konferensiyasi

Loyiha haqida

Startup Mix — startaplar va innovatsiyalar sohasida 2013- yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan  O‘zbekistondagi birinchi va eng obro‘li biznes-konferensiya.

Bizning auditoriya: biznesmenlar, IT-tadbirkorlar, kompaniya rahbarlari, mutaxassislar, dizaynerlar, startapchilar, marketologlar, jurnalistlar, oliy o‘quv yurtlarining  yuqori kurs talabalari.

Tadbirlar oldin har oyda o‘tkazilar edi (biz 40 ta tadbir o‘tkazdik), ammo 2019-yil katta ko‘lamda o‘tkazilyapti, yilda bir necha marta o‘tkazilmoqda.

__________

Loyihaning asosiy yutuqlari:

  • 6 yil oldin startaplar haqida O‘zbekistonda kamdan-kam kishi eshitgan edi. Hozir IT-startaplar — trendda. Biz bozorni rivojlantiryapmiz;
  • Biz Toshkentdan tashqariga chiqdik va 2019-yil martida Nukusda konferensiya o‘tkazdik;
  • Dolzarb trendlarni (sun’iy intellekt, robot texnikasi, “yashil” texnologiyalar va h.k.) muhokama qilamiz, ushbu yo‘nalishlarni yoshlar va mahalliy biznes-auditoriya orasida ommalashtiramiz;
  • Kremniy vodiysi, Isroil, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Rossiyadagi aloqalar tufayli bizda Startup Mix auditoriyasi uchun kuchli ekspertlarni taklif qilish imkoni bor;
  • Startup Mix formati doim o‘zgarib turadi, biz yangi sektsiyalarni o‘ylab topamiz;
  • Konferensiyada — sadoqatli auditoriya;
  • Bizga ajoyib ko‘ngillilar yordam beradi.

 

Biz Savdo-Sanoat palatasi, Inxa Universiteti, TChK kovorkingida Startup Mix’ning klassik tadbirlarini o‘tkazdik. Startup Mix’ning katta tadbirlari O‘zbekiston va Markaziy Osiyo doirasida Toshkent va Nukusdagi ICT Week 2015-2016, Central Asian Trade Forum-2018 va Central Asian Women in Tech & Science Week paytida o‘tkazildi. Sheriklarimizga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!

__________

Yangi IT, ilmiy va “yashil” startaplarni yaratish va rivojlantirishga qiziqqan barchani hamkorlikka taklif qilamiz.

Taqdimot bilan chiqishni istaysizmi? Bizga Facebook sahifasi orqali yozing, + 998 78 1501173, +99890 3192351,  +99890 9897257 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK