Curiosity Machine AI Family Challenge oilaviy tanlovi

Dastur

Kurs mavzusi: “Sun’iy intellekst o‘zi nima, va nima uchun sun’iy intellekt taraqqiyotidan qo‘rqmaslik kerak”.

Mazkur xalqaro kurs uchun o‘quv materiallari Google, Nvidia, Boeing, General Motors va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. 2018-yil fevralida CEO Google Sundar Pichai sun’iy intellekt odamlarga olovning o‘zlashtirilishi yoki elektr ixtiro qilinishidan ko‘ra ko‘p narsalar berishi borasida bildirdi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar fizika, matematika, informatika va biologiya kabi maktab bilimlari sun’iy intellekt bilan qanday bog‘langanligi, tez orada qanday yangi kasblar paydo bo‘lishi, qaysi kasblar esa abadiy o‘tmishda qolishi haqida bilib olishdi.

Shuningdek jamoalar robot texnikasi, mashinaviy ta’lim kabi istiqbolli yo‘nalishlar bilan ham tanishdilar. Kurs dasturidan 3 ta asosiy bosqich va 10 ta mashqdan tashkil topgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘rin olgan:

  • Sun’iy intellekt asoslari
  • Robot texnikasi asoslari
  • Hamjamiyatlardagi muammolarni hal qilish uchun sun’iy intellekt.

 

 

Kurs 9 oyga va barcha guruhlarning +10 ta birgalikdagi mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan, qolganlari — jamoalarning masofaviy onlayn-ishi.

Xalqaro dastur bo‘yicha mashg‘ulotlardan tashqari, jamoalar o‘z loyihalari bilan Toshkentda 2018-yilning 17-18 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan sakkizinchi an’anaviy Markaziy Osiyo savdo forumi doirasidagi loyihalar ko‘rgazmasida ham ishtirok etdilar. Biz GM Powertrain Uzbekistan zavodiga ekskursiya uyushtirdik.

Kurs ishtirokchilar uchun butunlay bepul. Kursning 3 ta bosqichini o‘tagan ishtirokchilar sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

 

 

Dastur to‘g‘risidagi batafsil axborot mazkur saytda:  https://www.curiositymachine.org/

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK