27 Aprel 2020

Technovation Girls tashabbusi davom etmoqda

Technovation Girls – qizlar uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng katta va ommabop texnologik dastur bo‘lib, u O‘zbekistonda 2016 yilda o‘z faoliyatini boshlagan va loyihaning ilk kunlaridan boshlab mamlakatda texnologik murabbiylikni rivojlantirish uchun qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.

Joriy yilning 20 aprelida biz va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan amalga oshirayotgan «Ayollarning davlat boshqaruvida ishtirok etishlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolliklarini oshirish uchun huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» qo‘shma loyihasmiz doirasida O‘zbekistonning to‘rtta tajriba hududida (Andijon, Farg‘ona, Urganch, Nukus shaharlari) axborot texnologiyalari o‘quv dasturlaridan o‘rin olgan “Axborot texnologiyalari” mavzusida onlayn trening o‘tkazilishiga bosh-qosh bo‘ldik.

ZOOM ilovasi yordamida o‘tkazilgan onlayn treningda O‘zbekistonning 4 viloyatidan 45 nafar murabbiy ishtirok etdi. Ular kelajakdagi mashg‘ulotlarda o‘n yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan qizlar jamoalariga ko‘maklashishi ko‘zda tutiladi.

 

Treningning maqsadi Barqaror rivojlantirish maqsadlari (BRM) yo‘nalishlari bo‘yicha innovasion mobil ilovalar yaratish orqali ta’lim, sog‘liqni saqlash, migratsiya, ishsizlik, tahqirlash, gender tengsizligi, atrof-muhit, turizm va boshqa sohalardagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratildi. Ishtirokchilar jamoalarga ajratilib, har bir jamoaga tadbirkorlar, o‘qituvchilar, universitet talabalari va AT mutaxassislari boshchilik qilishdi. Bunda, har bir jamoa taklif qiladigan mobil ilovalar bo‘yicha onlayn maslahatlar berildi.

 

Axborot texnologiyalari sohasidagi onlayn treninglar COVID-19 davrida murabbiylar uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular karantin paytida kun bo‘yi, asosan, oila davrasida uy ishlari bilan band bo‘lgan xotin-qizlarda o‘zlariga bo‘lgan ishonchni orttirish, texnologik murabbiylik malakalarini takomillashtirga ko‘maklashib, O‘zbekistondagi Technovation Girls dasturini qo‘llab-quvvatlashda davom etadilar.

 

 

Mazkur trening Tech4Impact nodavlat tashkiloti tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AT-maktabi, O‘zbekistondagi bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assosiasiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi qoshidagi ilg‘or texnologiyalar markazi hamkorligi asosida tashkil qilindi va u 2020 yilning 4 mayigacha bo‘lib o‘tadi.

 

Batafsil ma’lumot:

www.tech4impact.uz

https://technovationchallenge.org/

http://technovation.uz/projects

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK