12 Aprel 2019
Jahon bankining SDGs and Her tanlovidagi g‘alaba
Saida Yusupova har yili Jahon banki guruhlari va BMT ko‘magida tashkil qilinadigan ayol-tadbirkorlar xalqaro tanlovida g‘alaba qozondi.
Saida butun dunyodan 1200 dan ortiq arizalar orasidan tanlangan 2 ta g‘olib safidan o‘rin oldi va 2019-yilning 11- aprelida Vashingtonda, Jahon bankining global mitingida so‘zga chiqdi.
Tanlov Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va ularning hayotga va ayollar faoliyatiga ta’siri haqidagi bilimlarni ommalashtirishga hamda global ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etish tajribasini o‘zaro almashish uchun hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
2019-yilgi tanlovda qatnashish uchun butun dunyodan ayol tadbirkorlardan 1200 dan ortiq ariza berildi.
Hakamlar hay’ati Green Business Innovation konsalting agentligining asoschisi va direktori o‘zbekistonlik Saida Yusupovaga va Bangalordan TaxShe startap-loyihasining rahbari hindistonlik Vandana Suriga g‘oliblikni berdi.
Tanlovda tashkilotlarning BRM doirasida belgilangan konkret ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vazifalarni amalga oshirishga qo‘shgan hissasi hamda ularning biznes-loyihalarining mahalliy hamjamiyatlar uchun uzoq muddatli ta’siri va natijalari baholandi.
Tanlovda shtatida 9 kishidan kam xodim ishlaydigan va yillik aylanmasi 100 ming dollardan kam bo‘lgan mikrokorxonalarga egalik qiluvchi yoki ularga rahbarlik qiluvchi ayollar qatnashadi.
Tanlov haqida: https://www.worldbank.org/en/programs/sdgs-2030-agenda/brief/sdgs-and-her
Новости по теме