10 Aprel 2021

Bizning yangi loyihamiz: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya Jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan «O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish».

 

Tech4Impact kompaniyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya Jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan «O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasida ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish» yangi loyihani boshlaydi.

 

Loyiha doirasida Qoraqalpog‘istondagi ayollarning iqlim o‘zgarshi bilan bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal qiladigan kompaniyalar yaratish orqali ularning iqtisodiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish uchun texnologik va tadbirkorlik salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha faolliklar o‘tkazish rejalashtirilgan..

 

Loyiha gender tengligi bo‘yicha harakatlarni kuchaytiradi, ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi; mahalliy manfaatdor tomonlarni Orol dengizi mintaqasidagi iqlimiy harakatlarga jalb qilish va maqsadli mintaqadagi ayollar va qizlarga COVID-19 pandemiyasining ta’sirini yumshatishga yordam beradi.

 

Loyihaning asosiy yondashuvi uch bosqichda ayollarni, texnologik tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat:

  1. Qoraqalpog‘istonda toza texnologiyalar sohasidagi ayollar rahbarligidagi korxonalar uchun startap ekotizimlarni yaratish.
  2. Internetda axborot materiallari va veb-resurslarni ishlab chiqish, shuningdek, potentsial tadbirkor ayollarning xabardorligini oshirish uchun PR kampaniyasini boshlash.
  3. Startapni akseleratsiyalash olti oylik tizimli dasturi orqali bilimlarni uzatish va salohiyatni oshirish, mintaqada texnologiya bo‘yicha mentorlik madaniyatini rivojlantiruvchi startaplar uchun mentorlar va trenerlarni (TOT) tayyorlash va ayollar boshchiligidagi startaplarning investorlar va moliya institutlari bilan aloqalarni o‘rnatish.

Loyiha 2021-yil aprelda boshlanadi va biz batafsil ma’lumotlarni tez orada e’lon qilamiz. Yangiliklarni kuzatib boring boring!

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK