28 May 2020

ClimateLaunchpad Uzbekistan 2020

Biz O‘zbekistondan startaplarni ClimateLaunchpad “yashil” biznes g‘oyalari bo‘yicha eng yirik xalqaro tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz.

Arizalarni qabul qilish 15 IYUNGACHA ochiq. Ariza ingliz tilida, https://climatelaunchpad.org/application-form/havolasida taqdim etiladi.

 

Qaysi loyihalar ishtirok etishi mumkin:

— g‘oyalar bosqichida yoki 2019-2020 yillarda ishga tushirilgan startaplar

— € 200,000 dan ortiq bo‘lmagan sarmoyalarni oladigan startaplar

— hali o‘z mahsulotlarini ommaviy sotishni boshlamagan startaplar

 

 

 

Loyihalar mavzulari:

 

✅ Suv zahiralarini boshqarish, suvni tozalash

✅ Atrof muhitning ifloslanishi

✅ Energiya, muqobil energiya manbalari (quyosh energiyasidan, shamol energiyasidan foydalanish)

✅ Qishloq xo‘jaligi, agrobiznes

✅ Iqlim o‘zgarishi

✅ Aqlli shahar

 

Startaplar nimaga ega bo‘lishadi

 

Fokus ClimateLaunchpad’ning asosiy maqsadi sizga startaplarni ishga tushirish, mablag yig‘ish, startaplarning biznes modellari va sizning startapingiz iqlim o‘zgarishini yumshatishda qanday yordam berishi mumkinligi haqida ma’lumot berishdir.

❗ ️ Dasturda ishtirok etish – bu intiluvchan tadbirkorlar uchun ajoyib imkoniyat. Yevropaning ilg‘or startap akseleratori darajasi to‘g‘risida bilimga ega bo‘lgach, har qanday mahalliy yoki mintaqaviy startap akseleratoriga bemalol borishingiz va katta ehtimollik bilan loyihangizni boshlashingiz mumkin.

ClimateLaunchpad bu yil onlayn tarzda bo‘lib o‘tmoqda va ishtirokchilar onlayn kursda qatnashadilar, so‘ngra xalqaro mentor bilan 3 kunlik onlayn onlayn-Butkemp o‘tkazishadi. Eng yaxshi loyihalar o‘z startaplarini O‘zbekistondagi finalda, so‘ngra mintaqaviy finalda namoyish etadi va butun dunyodan 16 jamoa xalqaro finalga yo‘l oladi.

Xalqaro tanlov g‘oliblariga pul mukofotlari beriladi: 1-o‘rin uchun € 10,000, 2-o‘rin uchun € 5,000 va 3-o‘rin uchun € 2,500. Shuningdek, 16 nafar finalchilar Yevropaning Climate-KIC ClimateLaunchpad Accelerator startap akseleratoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish huquqiga ega bo‘lishdi.

Butun dastur ingliz tilida bo‘lib, ingliz tilini bilish tanlov uchun shart.

Arizalar https://climatelaunchpad.org/application-form/

havolasi orqali 15 IYUNGacha ochiq.

Bizning Facebook sahifamiz: https://www.facebook.com/climatelaunchpaduz/

______________________

O‘zbekistondagi ClimateLaunchpad Innovatsion rivojlanish vazirligi ko‘magida Green Business Innovation va Ilg‘or Texnologiyalar Markazi tomonidan o‘tkaziladi.

Новости по теме

#Искусственный интеллект

#Soft skills

#Hardware

#Hardware

#Technology

#Education

#tEAMWORK